Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nepalda halokatga uchragan yo‘lovchi samolyoti uchuvchisi Anju Xatidava bundan 16 yil avval shunga o‘xshash holatda vafot etgan uchuvchining bevasi bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Yeti Airlines aviakompaniyasi vakili Sudarshan Bartaul aytishicha, 44 yoshli Anju Xativada Katmanduman uchib chiqqan va Pokxara shahriga parvoz qilish chog‘ida qulab tushgan samolyotning ikkinchi uchuvchisi bo‘lgan. Avariya oqibatida bortdagi 72 kishining barchasi halok bo‘lgan.

“Uning turmush o‘rtog‘i Dipak Poxrel 2006-yilda Yeti Airlines aviakompaniyasining Twin Otter samolyoti Jumlada qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan edi”, — dedi Bartaul. O‘shanda kichik yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga bir necha daqiqa qolganida halokatga uchragandi.

Bartaul qo‘shimcha qilishicha, Xativada “erining o‘limidan keyin sug‘urtadan olgan pullariga uchuvchilikka o‘qigan”. Aviakompaniya vakili ta’kidlashicha, Xativadaning jasadi topilganicha yo‘q, ammo u halok bo‘lgan, deb hisoblanilmoqda.

Nepaldan uchgan ATR 72 yo‘lovchi samolyoti 15-yanvar kuni Nepal poytaxti Katmandudan Poxaraga parvoz qilgan va qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan. Parvozni amalga oshirgan Yeti Airlines aviakompaniyasining barcha 68 yo‘lovchisi va 4 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

Yo‘lovchilar orasida: 53 nafar nepal, besh nafar hind, to‘rt nafar rus, ikki nafar koreys, Irlandiya, Argentina, Avstraliya va Fransiyadan bittadan fuqaro bo‘lgan. Holat yuzasidan Nepal hukumati bir kunlik milliy motam e’lon qilgan. Fransiyaning AFP agentligi Kaski tumani rahbari o‘rinbosari Gurudatta Dxakalga tayanib, aviahalokatda tirik qolganlar borligini aytmoqda.

Nepal News nashri xabarlariga ko‘ra, voqea joyida 68 kishining jasadi topilgan, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova