Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan taqiqlangan murojaati e’lon qilindi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko o‘zining Facebook’dagi sahifasida Zelenskiyning videomurojaatini joyladi. Unda prezident Qatardagi stadion ekranlaridan bo‘lmasa-da, gadjetlar ekranidan buni ko‘rish kerakligini aytgan.

“Ushbu jahon chempionati turli mamlakat va xalqlar orasida kim kuchli ekanini olov bilan emas, halol o‘yinda hal qilishi mumkinligini qayta-qayta isbotlaydi. Qizil jang maydonida emas, yashil o‘yin maydonda. Dunyodagi har bir ota o‘g‘lini futbol o‘yiniga olib borishni, har bir ona o‘g‘lining urushdan qaytishini xohlaydi. Ukraina hamma narsadan ko‘ra ko‘proq tinchlikni istaydi. Biz tinchlik formulasini taklif qilamiz, chunki urushda chempion bo‘lmaydi va durang ham bo‘lishi mumkin emas.

Shu bois barcha xalqlarni tinchlik yo‘lida birlashtirish maqsadida joriy qishda Global tinchlik formulasi sammitini o‘tkazish tashabbusini e’lon qilaman. O‘yinlar tugagandan so‘ng stadionlar bo‘sh, urush tugaganidan keyin esa shaharlar bo‘sh qoladi. Shuning uchun urush mag‘lub bo‘lishi, dunyo esa chempion bo‘lishi kerak. Hozir Qatarda bo‘lgani kabi. Iltimos, Ukrainani tinchlik o‘rnatish yo‘lida qo‘llab-quvvatlang. Global tinchlik formulasi sammitiga qo‘shiling”, — deydi u.

Avvalroq Zelenskiy Kann festivalida va “Gremmi” musiqiy mukofotlarini topshirish marosimida nutq bilan chiqqan. Ukraina yetakchisining ofisi uning “Oskar”da ham chiqish qilishini tashkillashtirmoqchi bo‘lgan, biroq bu amalga oshmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?