Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning butun dunyoga mashhur multiplikatori, “Oskar” mukofoti sovrindori Xayao Miyazaki yapon yozuvchisi Yoshino Genzaburoning “Qanday yashayapsiz?” kitobi asosida yaratilgan yangi animening chiqish sanasini e’lon qildi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, asar 1937-yilda chop etilgan bo‘lib, unda otasidan ayrilgan 15 yoshli qizaloqning hayoti haqida hikoya qilinadi. Anime ko‘plab tomoshabinlarning ko‘z yosh to‘kishiga sabab bo‘ladi, chunki undagi voqealar har qanday insonning qalbidan joy egallaydi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Ushbu kartina rejissorning 10 yillikdagi ilk ishi bo‘ladi. Ma’lumot uchun, uning 2013-yilda namoyish etilgan “Shamol kuchaymoqda” nomli animesi “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Animening birinchi afishasi namoyish etilgan va uning premyerasi 2023-yilning 14-iyul sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi