Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-o‘rin uchun o‘yinda Xorvatiya 17-dekabr, shanba kuni Marokashga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 7-daqiqada Xorvatiya a’zosi Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. Ikki daqiqadan so‘ng Ashraf Dari muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Mislav Orshich xorvatlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Xorvatiya bronza medal sohibiga aylandi.
JCH—2022 finalida Argentina va Fransiya jamoalari 18-dekabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi.
JCH—2022
3-o‘rin uchun bahs
17-dekabr, shanba
Xorvatiya — Marokash 2:1
Gollar: 1:0 – 7 Gvardiol, 1:1 – 9 Dari, 2:1 – 42 Orshich.Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Gvardiol, Perishich, Modrich, Kovachich, Mayer (Pashalich, 66), Kramarich (Vlashich, 61), Orshich, Livaya (Petkovich, 66).
Marokash: Bunu, Hakimi, El-Yamik (Amalla, 67), Dari (Banun, 64), Attiyyat-alla, Amrabat, Sabiri (Shair, 46), El-Xannus (Unai, 56), Ziyosh, Bufal (Zaruri, 64), En-Nesiri.
Ogohlantirishlar: Unai (69), Amalla (84).
Izoh (0)