Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Gazeta Esportiva xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) 63 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy sifatida ish boshlashi uchun iyun oyiga qadar kutishga tayyor.

Italiyalik murabbiy hozircha rasmiy taklif olgani yo‘q, biroq CBF tez orada Anchelotti uchun aniq taklif ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni faollashtiradi. CBF Anchelotti uchun iyun oyiga qadar kutishga rozi. Faqatgina Karlo bu ishga qiziqish bildirsagina rasmiy taklif yuboriladi.

Agarda Anchelotti 2023-yil iyun oyidan Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lsa, unga qadar Braziliya tizimidan kimdir jamoani vaqtinchalik boshqarib turadi. Hozirda Braziliya U-20 jamoasini boshqarayotgan Ramon Menezes vaqtinchalik murabbiy bo‘lishi mumkin.

Italiyalik murabbiy ushbu taklifni rad etsa, braziliyalik mutaxassis terma jamoani boshqaradi. Eng asosiy nomzod “Fluminense” ustozi Fernando Diniza bo‘lib turibdi. Uning xizmatlarini futbolchilar va CBF yuqori baholaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar