Yevropa Ittifoqi (YI) 2023-yilda energiya xavfsizligini Rossiya gazisiz ta’minlash uchun qo‘shimcha 100 milliard yevro sarflashi kerak. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi (IEA) ijrochi direktori Fotih Birolga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Birolning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yil YIda energiya xavfsizligini ta’minlash bu yilgidan ancha qiyin bo‘ladi, chunki Ittifoq endi Rossiyadan gaz import qilmasligi mumkin.
Birol, xususan, 2023-yilda YIda Rossiya gazi o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan LNGini sotib olmaslik xavfi borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi qish “bu yilgidek iliq bo‘lishiga” hech kim kafolat bera olmaydi.
Shu sabablarga ko‘ra, Rossiya gazisiz energiya xavfsizligini ta’minlash uchun shoshilinch choralar ko‘rish kerak. Bunday choralar ko‘rish esa, albatta, “tekin bo‘lmaydi”.
Bu bir yilda 100 milliard yevroga tushadi. Ushbu mablag‘ keyingi ikki yil ichida o‘zini qoplaydi va “katta foyda” olib keladi, — dedi u.
Bundan tashqari, Birol hozirgi global energetika inqirozi o‘z ko‘lami va jiddiyligi bo‘yicha tarixda birinchi marta yuz berayotganini ta’kidladi.
Avvalroq G‘arbning Rossiya neftiga qarshi sanksiyalari kuchga kirgani haqida xabar berilgandi.