Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energoresurslar taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

Bayram kuni, xususan, Yangi yilda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilganmi?

Bayram kunlari, xususan, Yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammolar yuzaga kelmaydi.

Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tun-u kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi, — deydi Sherzod Xo‘jayev.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi