Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning The New York Times gazetasida ishlovchi 1000 dan ortiq xodim 40 yil ichida birinchi marta 24 soatlik ish tashlash e’lon qildi, deb yozmoqda Deutsche Welle.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ish tashlovchilar NewsGuild of New York kasaba uyushmasi va gazeta o‘rtasida ish haqini oshirish va masofadan turib ishlash imkoniyati bo‘yicha yangi kelishuv uzoq vaqtdan beri tuzilmayotganiga norozilik bildirmoqda. Kasaba uyushmasi da’vo qilishicha gazeta rahbariyati ataylab vaqtni cho‘zib, “adolatli shartnoma” imzolamayapti.

“Xodimlar rasman ishni to‘xtatib turish haqida e’lon qildi, bu kompaniyada so‘nggi 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi shunday holat. Sevimli ishingizdan voz kechish oson qaror emas, lekin bizning a’zolarimiz tahririyatni yaxshilash uchun hamma narsani qilishga tayyor ”, — deyiladi NewsGuild’ning Twitter’dagi bayonotida.

NewsGuild kasaba uyushmasi tashkilotning vijdonan muzokara olib borishga qodir emasligini ta’kidlab, shartnoma muddatini 8-dekabr tunigacha belgilagan. Yangiliklar bo‘limi xodimlari va kasaba uyushmasining boshqa a’zolari 2021-yilning mart oyidan beri davom etayotgan muzokaralardan charchaganini aytmoqda — o‘shanda so‘nggi shartnomalar muddati tugagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg