Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitiga piyoda keldi. Qirg‘izistonlik hamkasbi Sadir Japarovning savoliga javoban, u G‘arb avtosanoati ustidan shikoyat qildi.
“Kechikmadimmi? Mercedes o‘t olishi qiyin (kuchsiz), piyoda kelaverdim”, — dedi siyosatchi.
Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston yetakchilari kongress-xollga avtomobillarda yetib kelgan. Ammo Belarus prezidenti bino kirish uchun zinadan ko‘tarilayotganida, uning mashinasi ko‘rinmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vladimir Putin sammitga Rossiyada ishlab chiqarilgan va bir necha yillardan buyon foydalanib kelayotgan Aurus avtomobilida kelgan.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi majlisi bugun, 9-dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston prezidentlari va Armaniston bosh vaziri qatnashmoqda. Kuzatuvchi mamlakatlardan O‘zbekiston bosh vaziri ishtirok etmoqda, Kuba prezidenti esa videomurojaat bilan chiqish qiladi.
Izoh (0)