Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joanening aytishicha, alyans Moldovaga milliy xavfsizlikni yanada mustahkamlashda yordamni davom ettiradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“NATO uchun Moldova juda muhim hamkor. NATO Moldovaning milliy xavfsizlikni mustahkamlashda qo‘shimcha yordam haqidagi so‘rovini nihoyatda jiddiy qabul qiladi. Oramizda kuchli hamkorlik mavjud,va qiyin paytlarda bu yanada kuchliroq bo‘ladi”, — dedi Joane Kishinyovda “O‘zgaruvchan xavfsizlik muhitida NATO hamkorligini rivojlantirish” (Developing NATO Partnerships in a Changing Security Environment) xalqaro konferensiyasida.

Uning ta’kidlashicha, “Moldovaning NATO bilan hamkorligi respublikaning betaraflik maqomiga rioya qilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi”.

Konferensiyada Moldova mudofaa vaziri Anatoliy Nosatiy mudofaa salohiyatini oshirish tashabbusi (DCBI) doirasida ittifoqchilar bilan xalqaro hamkorlik va Milliy armiyani modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot qildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Moldova respublikasi va NATO o‘rtasida sheriklik sohasidagi yutuqlarni tahlil qilish va ushbu hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat edi.

Avvalroq Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatning NATOga kirish niyati haqida gapirgandi. Mamlakatda noyabr oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 54,5 foizi harbiy blokka qo‘shilish uchun ovoz bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov