• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Gaplashib olish kerak”. Ikki jurnalist Facebook’dagi post va izohlari uchun IIBga chaqirildi

    Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi ikki jurnalist Facebook’dagi sahifalarida ularning yashash manzillariga ichki ishlar organlari xodimlari borib, messenjerda qoldirilgan ba’zi post va izohlar yuzasidan “gaplashib olish” kerakligi, buning uchun IIB bo‘limiga borish zarurligini aytgani haqida yozmoqda.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan jurnalistlar bilan bog‘landi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovdan rasmiy munosabat oldi.

    Kollaj: Facebook

    Kollaj: Facebook

    Xususan, jurnalist Inobat Ahatova 8-dekabr kuni ota-onasidan (Samarqand viloyati Narpay tumani) qo‘ng‘iroq bo‘lgani, unga ko‘ra, uyga ichki ishlar xodimi kelib, onasini tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga olib ketganini ma’lum qilgan.

    Kecha bir holat bo‘ldi. Xonada o‘tirsam, qishloqdan telefon jiringladi. Olsam, oyimning xavotirli ovozi. Tinchmisan, ahvoling yaxshimi, ishing tinchmi, deb so‘rab ketdi. Yaxshi hammasi, nima gap desam, ota-onamni tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi (pasport stol)ga chaqirishganini aytdi. Salomatligi sabab dadam bora olmagan, onam borib kelibdi.

    Qisqasi, oyimning aytishicha, IIB xodimi (o‘zini tanishtirmabdi, onam ham shoshganidan so‘rash esdan chiqqan) oyim bilan Facebook’dagi postlarim bo‘yicha gaplashibdi. Nega bunday yozdi, bu postida nega bunaqa degan, nimaga unaqa, kabi savollar. Ota-onam yoshi katta insonlar, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmaydi. Tabiiyki, oyim aynan qaysi postimni nazarda tutishganini unchalik tushunmagan. Faqat sal-pal eslagani ancha vaqt avvalgi postlar, soqol, diniy mavzudagi fikrlar bo‘lgan (qizig‘i, bu mavzular haqida deyarli umuman yozmayman ham). Suhbat so‘ngida telefon raqamimni olishgan, xavotirga hojat yo‘qligi ham aytilgan.

    Biroq baribir uzoqdagi oilam uchun yoqimsiz, xavotirli kun bo‘ldi. Zo‘rg‘a tinchlantirdim, menda hammasi yaxshiligiga ishontirdim.

    Umumiy voqea haqida bilsam-da, nega bunday bo‘lganini, ochig‘i, tushunmadim. Nimaga chaqirishdi, nega postlarni yozgan men emas, ota-onam chaqirilyapti, aynan qaysi postlarim ularga yoqmabdi, gap eski postlar haqida bo‘lsa, nega aynan kecha shoshilinch chaqirishgan, maqsadlari nima bo‘lgan? Bu ish orqali ota-onam va menga ruhiy bosim qilmoqchi bo‘lishdimi?

    Telefon raqamimni olishgan, lekin bir kun o‘tsa-da, ulardan hech kim telefon qilmadi, vaziyatni izohlamadi. Aytmoqchi bo‘lgan gapim: men hozir 27 yoshdaman. O‘z harakati, gapi uchun o‘zi javob berishi kerak bo‘lgan, muomala layoqatiga ega fuqaroman. Yoshi ulug‘, men uchun salomatligi hamma narsadan qadrli bo‘lgan ota-onamni boshqa ovora qilmanglar, biror narsani aniqlashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zimdan so‘rang.

    Facebook’ga kelsak, u yerda men shaxsiy fikrlarimni konstitutsiyada kafolatlangan fikrlash, so‘z erkinligi huquqimdan foydalanib yozaman. Birovning erkinligi, sha’niga daxl qilmagan holda, albatta. Kecha, 2022-yil 8-dekabr konstitutsiya kuni sanasi men uchun shunday voqealar bilan esda qoldi. Noaniqlik, savollar, yaqinlarimning xavotirlari, — deyiladi postda.

     

    Shuningdek, yana bir jurnalist Shohruh Haydarov erta tongdan unga ham qo‘ng‘iroq bo‘lgani va o‘zini IIB tergov-qidiruv bo‘limidan deb tanishtirgan shaxs u bilan gaplamoqchi ekani haqida yozgan.

    Ertalabdan uydan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, bu gal begona raqamdan faqat. Ko‘tarsam, ichki ishlardanman, uyingga keldim, qayerdasan, qachon kelasan, gaplashib olishimiz kerak, dedi bir notanish erkak. Tinchlikmi, kim bu o‘zi, desam, IIB tergov-qidiruv bo‘limidanman, Facebook’da bir izoh qoldiribsan, shunga deya javob qaytardi.

    Ana, boshlandi buyog‘i. Bechora onam bu narsalarni u qadar tushunmaydi, qon bosimi ko‘tarilib ketibdi. Otam xavfsirab, alohida telefon qildilar takror. Xullas, kap-katta yigit kishining uydagilarining tinchini buzishdi, salomatligini xavfga qo‘yishdi!

    Kulgilisi, IIO xodimi bo‘la turib, qayerda o‘qishimni bilmas ekan, vaholanki, profilimda ham yozib qo‘yganman katta qilib. Toshkentda yashaydi, shu yerga chaqir ishing bo‘lsa... Umuman, qayerda yozilgan izoh uchun alohida chaqirtirish borligi?! Qaysi izohimligiga aniqlik kiritmadi-yu, kimning postligini aytdi, esga tushdi.

    Do‘stlarim, yaqinlarim siyosatga, birovning hayotiga xavf soladigan, izoh yozmasligim, tasdiqlanmagan ma’lumot tarqatmasligimni yaxshi bilishadi. Bu holat Inobat Ahatovada ham bo‘libdi. Kimdir izoh beradimi? — deyilgan postda.

    “Daryo” internet nashri jurnalistlarning IIB binosiga chaqirilgani sababi bilan qiziqib, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.

    Mas’ul ayni paytda har ikki holatga aniqlik kiritish uchun Samarqand viloyatining Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi hamda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari bilan ushbu masala yuzasidan suhbatlashib, holatga aniqlik kiritayotganini qo‘shimcha qildi. G‘iyosov tez orada bu masala yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini bildirdi.

    Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova esa holat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

    Bu yerda juda g‘alati ishlar bo‘lyapti. Jurnalist Inobat Ahatova Facebook’da yozgan postlari uchun o‘zi emas, ota-onasi ichki ishlar bo‘limiga chaqirilgani (nimagadir Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga), u yerda onasiga Inobatning Facebook’dagi postlari yuzasidan savollar berilganini aytmoqda. Bu nima — anglashilmovchilikmi, o‘zboshimchalikmi, atay qilingan ishmi, voyaga yetgan insonning so‘zlari uchun onasidan so‘roq so‘rash qaysi mantiq va qonunga ko‘ra amalga oshirilgan — shu kabi savollarga javob kerak, — deb yozadi Soatova.

    09.12.2022, 12:49   Izoh (0)   16962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda portlash sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

    09.12.2022, 12:41

    “O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi

    09.12.2022, 12:10

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

    09.12.2022, 11:27

    O‘zbekistonda 8-dekabr kuni 122 kishida koronavirus qayd etildi

    09.12.2022, 09:53

    Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi

    09.12.2022, 09:18

    Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    09.12.2022, 08:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.