Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalariga tezroq o‘tish zarurati har qachongidan ham dolzarb bo‘lmoqda. Ko‘mir, neft va gazni yoqish oqibatida iqlimning o‘zgarishi dunyo bo‘ylab jamiyat, iqtisodiyot va ekotizimlarga zarar yetkazmoqda. Issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish va iqlim o‘zgarishini yengish uchun eng yaxshi, oson, tezkor va samarali usul qayta tiklanadigan energiyaga o‘tishdir. Quyida mazkur usuldan foydlanadigan 11 ta davlat haqida ma’lumot beriladi.

Foto: The Nature Conservancy

Foto: The Nature Conservancy

Shvetsiya

2012-yilda Shvetsiya 50 foiz qayta tiklanadigan energiyaga muddatidan 8 yil oldin erishdi. Mamlakat 2040-yilga qadar 100 foiz qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Shvetsiya bunga tabiiy resurslar, gidroenergetika va bioenergiya kombinatsiyasidan foydalanish orqali erishadi.

Kosta-Rika

Mamlakat 7 yildan ortiq vaqt davomida elektr energiyasining 98 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqardi. Kosta-Rika bu jarayonda gidro, geotermal, shamol, biomassa va quyosh energiyasidan foydalandi. Ba’zi yillarda ular o‘zi ishlab chiqargan ortiqcha energiyani eksport qilishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Shotlandiya

2020-yilda Shotlandiya elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 97 foizdan ortig‘ini qayta tiklanadigan manbalar hisobiga ishlab chiqardi. 2011-yilda qayta tiklanadigan manbalar milliy talabning atigi 37 foizini tashkil etdi. Shotlandiya uchun navbatdagi qadam 2045-yilga kelib nol emissiyaga erishish va issiqlik hamda transport sanoatini qanday hal qilishni o‘rganishdan iborat.

Islandiya

Mamlakat qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Gidroenergetika va geotermal energiya kombinatsiyasi Islandiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini deyarli 100 foizga ta’minlaydi. Darhaqiqat, geotermal energiya 10 ta uydan 9 tasini isitadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu boshqa mamlakatlarga namuna bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Germaniya

Mamlakat yangi hukumati dastlabki 100 kun davomida “so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta energiya siyosati islohoti” olib borishini e‘lon qildi. Qayta tiklanadigan manbalar 2030-yilga kelib 80 foizga va 2035-yilda esa 100 foizga yetishi kutilmoqda. Qayta tiklanadigan energiya 2022-yilning birinchi yarmida o‘z quvvatlarining 49 foizini ta’minlagan.

Urugvay

20 yillik sa‘y-harakatlar natijasida Urugvay 2021-yilda barcha elektr energiyasining 98 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqaradi. Buning asosiy qismi shamol, quyosh va bioyoqilg‘i bilan to‘ldiriladigan gidroenergetika hisobiga amalga oshiriladi. Urugvay qayta tiklanadigan energiyani shunchalik ko‘p ishlab chiqaradiki, u Argentina va Braziliyaga eksport qilinadi. Mamlakat hali ham undan foydalanishning qo‘shimcha usullarini qidirmoqda.

Daniya

Daniya elektr energiyasining yarmidan ko‘pini shamol va quyosh energiyasidan oladi, 2017-yilda esa elektr energiyasining 43 foizini ta’minlagan. Daniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari orasida aholi jon boshiga eng ko‘p shamol energiyasi ishlab chiqaradigan davlat hisoblanadi. O‘zining kuchli qishloq xo‘jaligi sektoridan foydalangan holda, bioenergiya Daniya qayta tiklanadigan energiyaning uchdan ikki qismini ta’minlaydi.

Xitoy

Mamlakat shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Pekin 2025-yilga borib energiyaning uchdan bir qismini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Davlat butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanadigan energiyaning eng yirik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi.

Marokash

Quyosh energiyasi bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanish uchun Marokash o‘zining quyosh energiyasidan foydalangan. Mamlakatda eng yirik Nur-Uarzazat konsentrlangan quyosh fermasi joylashgan. Kattaligi 3500 ta futbol maydoniga teng keluvchi ferma Marokashdan ikki baravar katta bo‘lgan shaharni quvvatlantirish uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya elektr energiyasining 84 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqariladi. Ularning qayta tiklanadigan energiya sektori kuchli va davlat subsidiyalariga bog‘liq emas, bu ham uni iqtisodiy jihatdan kuchli qiladi. Yangi Zelandiya 2035-yilga kelib to‘liq qayta tiklanadigan energiyaga ega bo‘lishni va 2050-yilgacha uglerodli neytral iqtisodiyotga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Norvegiya

2016 yil holatiga ko‘ra, Norvegiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 98 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalariga to‘g‘ri keladi. Ularning asosiy qismi gidroenergetika hisobiga ishlab chiqarilgan. Mamlakat 1800-yillarning oxiridan beri daryolar va sharsharalar energiyasidan foydalanmoqda, yillar davomida ular qatoridan issiqlik va shamol energiyasini ham joy olgan.

Rahbarlar qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha ulkan maqsadlarni qo‘yib, ularni investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlasa, foyda tez keladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish nafaqat chiqindilarni kamaytiradi, balki xavfsiz iqtisodiyot, o‘sib borayotgan ish bozori va energiya tizimini yaratishga ham hissa qo‘shadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi