Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 9-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Putin Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Oltin yulduz” medallari bilan taqdirlash marosimi ishtirokchilari bilan muloqot qilayotib,

Ukraina energetika obyektlariga raketa zarbalari haqida shunday bayonot bilan chiqdi:“Hozir bizning qo‘shni mamlakat energetika infratuzilmasiga zarbalarimiz borasida shov-shuv ko‘p bo‘lyapti. Ha, biz buni qilyapmiz. Lekin kim boshladi? Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi, Kursk atom elektr stansiyasidan elektr uzatish simini kim uzdi, Donetskda kim suvni to‘sib qo‘ydi? Bir million aholi yashaydigan shaharda suv bermaslik — genotsidlik harakati.

Hech kim bu haqda hech qayerda aytmadi. Butunlay jimjitlik. Biz bunga javoban nimadir qilsak, shov-shuv olamni bosib ketadi. Bu bizga jangovar vazifalarni amalga oshirishda xalal bermaydi”, — dedi Putin.

Oktabr boshidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududiga ommaviy raketa zarbalari orqali, harbiy va energetika obyektlariga zarar bermoqda, shuningdek, noharbiy infratuzilmaga ham daxl qilingan. Oqibatda Ukrainaning barcha yirik IES va GESlari zarar ko‘rgan.

Ukrainaliklarga quyosh batareyalaridan iborat 100 ta to‘plam yuboriladi

Coopdead jamoatchilik tashkiloti ukrainaliklarga elektr uzilishlariga qarshi kurashda yordam berish uchun kelasi oygacha Fransiyadan Ukrainaga quyosh batareyalarining 100 ta to‘plamini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda France Bleu xabar bermoqda.

“To‘plam telefonlar, kompyuterlar, printerlarning ishlashi yoki internetga kirish uchun zarur quyosh panellaridan iborat plastik quti ko‘rinishida yuboriladi”, — dedi tashkilot prezidenti Antonin Aqvarone.

Tashkilot batareyalarning birinchi partiyasi maktablar va shifoxonalarga topshirilishini qo‘shimcha qildi.Qayd etilishicha, ayni damda tashkilot mablag‘ izlamoqda — bunday to‘plamlarning har biri 3500 yevro turadi.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni Ukrainaga Fransiyadan 100 ta generator yetib kelgan.Buning sababi, 7-dekabr kuni “Kiyev elektr tarmoqlari” kompaniyasi yana Ukraina poytaxtida elektr energiyasining favqulodda uzilishlari haqida xabar bergan.

Gretsiya va Turkiya mojarosi nega qayta ko‘tarilmoqda?

Turkiya tashqi ishlar vaziri Egey dengizidagi harbiy mashg‘ulotlar yuzasidan Gretsiyaga qarshi “chora ko‘rish” bilan tahdid qildi. Gretsiya TIV esa bunga munosabat bildirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, Turkiyaning “takroriy urush tahdidlari”ni qabul qilib bo‘lmaydi, Gretsiya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengiz qonunini hurmat qiladi. Turkiya Egey dengizining sharqiy qismidagi Gretsiya orollariga askar yoki qurol-yarog‘ joylashtirilishi xalqaro huquqqa muvofiq noharbiy maqomga zid ekanini ta’kidlamoqda.Gretsiya esa e’tiroz bildirib, Turkiyaning ehtimoliy hujumidan ularni himoya qilishi kerakligini, jumladan, Turkiya orollar qarshisida muhim harbiy kuchga egaligini qayd etgan.

6-dekabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Gretsiya o‘z qonunbuzarligidan voz kechishi kerakligini aytgan.“Yoki u bu masalada orqaga chekinadi va kelishuvga amal qiladi, yoki biz nima kerak bo‘lsa, amalga oshiramiz”, — degan edi siyosatchi.Turkiya va Gretsiya o‘nlab yillar davomida bir qator masalalar, jumladan, Egey dengizidagi hududiy da’volar va havo hududi yuzasidan bahslashib keladi. O‘tgan 50 yil ichida bu tortishuvlar ularni uch marta urush yoqasiga olib kelgan.Avvalroq AQSH senatori Robert Menendes Turkiya NATO ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, Egey dengizida provokatsion parvozlar bilan Gretsiya suverenitetiga qarshi chiqayotganini aytgandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantiradi

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva jamoat transportida Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishga chaqiruvchi o‘zbek tilida berilgan e’lon surati tarqalmoqda.Unda Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar mamlakat prezidenti farmoniga muvofiq, soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligi aytilgan.

Tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, ushbu tablodagi yozuvlar o‘zbek tilidan tashqari ketma-ket tojik, qirg‘iz tillarida ham chiqadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘rab ogohlikka chaqirgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda