Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Semurg Insurance” kompaniyasi bosh direktori Rahim Kadirov Karimovich — bog‘bonlarni himoya qilish, sug‘urta madaniyatini oshirish va xalqaro sug‘urta tajribasini O‘zbekistonda joriy etish yo‘llari haqida.

“Semurg Insurance” AJ QK – xalqaro mahsulotlar, xizmatlar va ekspertizadan foydalanish imkoniyatiga ega universal sug‘urta kompaniyasi.

Rahim Karimovich, hozirgi kunda butun respublika bo‘ylab ko‘plab yangi bog‘lar tashkil etilmoqda. O‘tgan yilgi sovuqlarni hisobga olib, sug‘urta bizning bog‘bonlarimiz uchun qay darajada dolzarb deb hisoblaysiz?

Bog‘larni sug‘urtalash bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi. Iqlim sharoiti bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Bu bahorda ham sovuq ob-havo hosilni nobud qilishi va bog‘bonlarimiz yana yo‘qotishlarga duch kelishlari xavfi katta. Aynan sug‘urta ularning moliyaviy zararlarini minimallashtirishga yordam beradi.

Masalan, bahordagi sovuq ob-havo hosilni nobud qildi deylik. Agar bog‘bon o‘z bog‘ va uzumzorlarini bizning dasturimiz doirasida sug‘urtalagan bo‘lsa, “Semurg Insurance” unga yoqotilgan daromadini qoplab beradi va bog‘bon xotirjamlik bilan kreditlarini to‘lashi hamda keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nima uchun fermerlar hosillarini sug‘urtalashga shoshilmaydilar?

Iqtisodiyotning talab va taklif tushunchalari hech birimizga begona emas. O‘zbekiston bozorida fermerlar tomonidan ularning manfaatlarini himoya qiladigan sug‘urta dasturlariga talab bo‘lgan, lekin ularni ehtiyojlarini qondiruvchi taklif taqdim etilmagan. Hozirgi kunga qadar hosilni sug‘urtalashning asosiy sababi banklar orqali qo‘yilgan talab bo‘lib, kredit qaytarilmagan taqdirda pulni fermerlar emas, balki banklar olgan.

“Semurg Insurance” to‘g‘ridan to‘g‘ri fermerlarga sug‘urta to‘lovlarini to‘lab beradigan O‘zbekistondagi birinchi sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. O‘tgan yili biz bug‘doy va paxta hosilini sug‘urtalash dasturlarini yo‘lga qo‘ygan edik, joriy yilda esa nigohimizni bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalashga qaratdik.

Bu bizning bozorimiz uchun noyob dastur hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, dastur moliyaviy xatarlarni qoplamaydi, balki hosilga zarar yetkazadigan xavfli iqlim hodisalari sodir bo‘lgan paytda fermerni qo‘llab-quvvatlaydi va ularga sug‘urta qoplamasi to‘lab berilishini kafolatlaydi. Bunday sug‘urta dasturi nafaqat fermerlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun sharoit yaratadi, balki, mamlakatimizda sug‘urta madaniyatini oshirishga ham katta hissa qo‘shadi.

“Semurg Insurance” sug‘urta madaniyatini oshirishga qanday hissa qo‘shadi?

Biz xavf-xatar yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasi bilan ishlaymiz. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi har yili tabiiy va texnogen ofatlar ta’sirida zarar ko‘rib, fermerlarning xavf-xatarlari doimiy ravishda ortib bormoqda. “Semurg Insurance” mijozlari hatto eng yirik sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ham sug‘urta to‘lovini to‘lab berilishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Mijozlarimiz kompaniyamizdan to‘lovni olgach, o‘z tajribasida sug‘urta moliyaviy zaralarni minimallashtirayotganini ko‘radi va undan moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish vositasi sifatida faol foydalana boshlaydi.

Misol keltiradigan bo‘lsam, uzum yetishtiruvchi bog‘bon uzumzorini sug‘urta qildi va sovuq tufayli nobud bo‘lgan hosil uchun pul kompensatsiyasini oldi. Kelasi yilda ushbu bog‘bon o‘tgan yilgi tajribasiga tayangan holda pul to‘lab berilishiga amin bo‘lgani uchun nafaqat uzumzorini, balki texnikasini ham sug‘urtalaydi. Oradan yana bir oz vaqt o‘tgach, u o‘zini va xodimlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash haqida o‘ylaydi. Ijobiy tajriba orqali sug‘urta madaniyati oshadi.

Semurg Insurance kompaniyasi sug‘urta hodisalari uchun to‘lovlarni nima hisobiga kafolatlaydi?

Sug‘urta to‘lovlari bizning eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchilar bilan hamkorligimiz hisobiga kafolatlanadi. Masalan, bizning noyob agrosanoat dasturimiz uzoq yillik hamkorimiz, Shvetsariyaning Swiss Re kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Swiss Re – xalqaro sug‘urta bozorida eng yuqori ishonchlilik reytingiga ega va agrar xatarlarni himoya qilish bo‘yicha yetakchi qayta sug‘urtalovchi kompaniyadir.

Shuningdek, biz mijozlarimizga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori sifatini kafolatlaymiz, chunki kompaniyamizda Buyuk Britaniya, Shvetsariya va Malayziya sug‘urta bozorlarida katta tajribaga ega bo‘lgan professional hodimlar faoliyat yuritadilar.

Sayt

Telegram

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank