• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Alloh isrof qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi. Hammasi uchun javob beramiz” — Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov isrof qilish Islom dinida qoralanganini aytib, fuqarolarni bu ishni qilishdan qaytardi.

    Dinimiz — o‘rta din. Alloh aytadi: “Biz sizlarni ummatning o‘rtasi, mo‘tadil qildik”. Hamma narsada bizning dinimiz o‘rtancha bo‘ladi. Dinimiz juda ham haddidan oshib ketishni yoqlamaydi va targ‘ib qilmaydi. Shuning uchun hamma narsada chegarani bilmoqlik kerak. Ko‘pchilik isrof deganda faqat mol-dunyoni befoyda sovurishni tushunadi. Ammo bu — keng tushuncha. Eng katta isrof umr hisoblanadi. Chunki inson qiyomatda birinchi bo‘lib so‘raladigan narsa umr bo‘ladi.

    Isrof — Alloh yomon ko‘radigan illat. Alloh taolo isrof qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi. Nimani xor qilsang, bir kun shunga zor bo‘lasan deyishadi. Yerga tushib ketgan bir ushoq nonni ham ko‘ziga to‘tiyo qilib yegan bu xalq bir paytlar mana shu ocharchilikni boshidan o‘tkazgan bobolarimizning ajdodi hisoblanadi.

    Ming afsuski, hozir musulmonlar yashaydigan o‘lkalarda ham ovqatlarning isrof bo‘lishi, hatto, nonlarning chiqindiga tashlanayotganini ko‘ryapmiz. Hozir qaysi chiqindixonaga qarangki, u joyda, albatta, non topasiz. Lekin mana shu bir bo‘lak nonni yetishtirish uchun Alloh bizga qancha ne’mat berganini xayolimizga keltirmaymiz.

    Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin. Keyingi paytda dabdababozlik, o‘zko‘rsatmalik ko‘payib ketayotgan marosimlar ustiga turli-tuman bid’at va xurofotlar shunchalik darajada qo‘shilyaptiki, to‘ylarimiz shu darajadaki, uni butun dunyo ko‘rsa, hayron bo‘ladigan darajaga keldi. Biz dunyo kezamiz, konferensiyalarda qatnashamiz, ko‘p ulamolar bilan suhbatda bo‘lyapmiz. Hamma bizga hayron — “Nega sizlarda bunchalik darajada to‘yga e’tibor yuqori, go‘yo hayot mazmuniga aylangan?”.

    Bundan bir asr avval ma’rifatparvar jadidlarimizdan biri duo qilgan ekan: “Ey Rabbim, xalqimizni to‘y bolasidan o‘zing saqlagin”. Hali hamon bu duo kuchda. Hozir ham shu duoni qilishimiz kerak. Aslida bu balo emas, ne’mat. Lekin to‘yga beriladigan xoyi-havas illatidan saqlanishni so‘raymiz.

    Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyov ustidan qandaydir moslamada pul sochilayotganini ko‘rib qoldim. Bu isrof emasmi, bu takabburlik emasmi? Shunchalik pulingiz ko‘payib ketdimi? Shu darajaga yetgan bo‘lsa, qarindosh-urug‘ingiz, beva-bechoralarning holidan xabar oling. Ahvol shu darajaga yetib bordiki, odam uyaladi.

    Pandemiya paytida biroz insofga kelgan edik. To‘y va marosimlarni ixchamlashtirgandik. Lekin hozir yana hamma o‘zbilarmonlik, ko‘zbo‘yamachilik, riyo, musobaqaga o‘tdi. Alloh bizni kechirsin.

    Butun musulmonlardan iltimos qilardimki, hamma narsada tejamkorlik bo‘lsin. Alloh taolo bizga hamma narsani o‘lchab bergan. Hamma narsaning hisobi, adadi bor va bu bir kun kelib tugaydi. Hammasi uchun javob beramiz.

    Ayniqsa, hozirgi qish kunlarida yana bir isrofning oldini olishimiz kerak. Sovuq kunlar keldi, uylarni isitish masalasi ko‘tarilgan. Elektrni tejash uchun o‘chirish holatlari bor. Ko‘p joylarda energiya yetmayapti. Ammo shaharda, poytaxtda chiroqlar bor, elektr yonib turibdi, gaz bor. Lekin kerak bo‘lmasa ham, hamma xonalarni yoritib qo‘yib, isitayotgan paytimizda qaysidir bir chekka hududlarda insonlar yashayotgani, yurtdoshlarimiz borligini unutmaylik.

    Hamma narsada isrofning oldini olishimiz kerak. Ana o‘shanda Alloh bizga ziyoda qilib beradi, — deydi Nuriddin Xoliqnazarov.

    07.12.2022, 08:19   Izoh (1)   12103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. madagaskarer@gmail.com / 07.12.2022, 09:26

      Бекорга айтилмаган эканда, адабни беадабдан ўрган деб

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu ob-havoda rejali cheklovlar kiritmasak, ertaga bundan-da jiddiyroq talafot bo‘lishi mumkin” — energetika vaziri

    07.12.2022, 00:44

    O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini AQSHga eksport qilishda imtiyozli rejim joriy etiladi

    06.12.2022, 23:36

    Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    06.12.2022, 22:38

    Buxoroda “prava” uchun pul evaziga imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    06.12.2022, 22:23

    Andijondan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    06.12.2022, 21:31

    SSV muddatidan avval tug‘ilgan 3 egizakni vakuumga solish uchun elektr yo‘qligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    06.12.2022, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.