Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donetsk viloyatining Slovyansk shahriga tashrif buyurdi va ukrainalik himoyachilarni 6-dekabr — Ukraina Qurolli kuchlari kuni bilan tabrikladi. Davlat rahbari o‘zining videomurojaatini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

“Hurmatli himoyachilar, davlatimizni kecha-yu kunduz, ayozda, ish kuni va bayramlarda himoya qilmoqdasiz. Har kuni sizning jasoratingizni eslaymiz va ishingizga yordam beramiz”, — degan Zelenskiy.

Prezident bugungi kunni Ukraina harbiylari bilan birga Donbassdagi frontda o‘tkazishini aytdi. U Ukraina Qurolli kuchlari safiga jalb qilingan barcha shaxslarning professionalligini aytib, davlatni himoya qilgani uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

“Butun dunyo sizning kuchingizni, mahoratingizni, me’yorlaringizni — Ukraina standartlarini ko‘rib turibdi. Sizdagi qahramonlik uchun ota-onangizdan, rafiqangiz va bolalaringizdan minnatdorman. Butun Ukraina sizga ishonadi va yordam beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, ukrainalik himoyachilar Ukrainani ozod qilish uchun qiyin yo‘l bosayotganini aytdi. Unga ko‘ra, davlatning to‘liq mustaqilligiga erishish Donetsk, Lugansk va Qrimni ozod qilish hisoblanadi.

“Barcha harakatlar erkinlikka, barcha qadamlar g‘alabaga yetaklaydi”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir: Zelenskiy Ukraina Qrimni xoh harbiy, xoh diplomatik yo‘l bilan qaytarib olishga tayyorligini aytdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi