Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Britaniyaning Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Ukraina hukumati o‘zining barcha hududlarini, jumladan Qrimni qaytarib olish niyatida ekanini aytdi.

Foto: Telegraf

Foto: Telegraf

“Yerlarning barchasini qaytarishimiz kerak, chunki men diplomatiya bo‘lmagan joyni jang maydoni deb hisoblayman. Agar o‘z yerlaringizni to‘liq qaytara olmasangiz, urush shunchaki muzlatilgan bo‘ladi. Uning qayta boshlanishi vaqt masalasi”, — dedi Zelenskiy Kiyevdagi prezident ofisida bergan intervyusida.

Financial Times’ning qayd etishicha, Kiyevning G‘arbdagi hamkorlaridan ba’zilari Ukrainaning Qrimni (2014-yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan) qaytarib olishga bo‘lgan har qanday urinishi Moskvaning g‘azabiga, jumladan, yadro qurolidan foydalanishiga olib kelishidan xavotirda. Suhbat davomida Ukraina prezidenti Qrim taqdiri xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotganini tan oldi.

Tushunaman, hamma Qrim bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda. Agar kimdir bizga Qrimni harbiy urinishlarsiz deokkupatsiya qilish yo‘lini taklif qilmoqchi bo‘lsa, men buni faqat yoqlayman. Agar qaror deokkupatsiyani nazarda tutmasa va Qrim Rossiya tarkibida qolaversa, unda hech kim buning uchun vaqtini sarflamasligi kerak. Bu vaqtni behuda yo‘qotish, — dedi u.
O‘z intervyusida Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini Ukrainaning muhim infratuzilmasini himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa vositalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar generatorlari uchun dizel yonilg‘isi va elektr taqchilligini qoplash uchun qo‘shimcha gaz bilan ta’minlashga chaqirdi.

23-noyabr kuni Rossiya Ukraina energetika inshootlariga katta zarba berdi, bu esa mamlakat hududining 80 foizini elektr va suvsiz qoldirdi. Financial Times nashrining yozishicha, infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov Ukrainaga energiya tizimini tiklash uchun bir necha yuz million dollar kerak, deb baholamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...