Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston—Qirg‘iziston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaqinda muhim ikki tomonlama hujjatlar — Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma va Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim imzolangani va ratifikatsiya qilingani amaliy hamkorlikning chuqurlashishi, davlatlari va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak muloqotlarning kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi