Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angren temiryo‘l yo‘nalishida poyezdlar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir qiluvchi o‘g‘irlik jinoyati sodir etganlar qamaldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan uch kishi — Olmaliq shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, muqaddam o‘g‘irlik uchun sudlangan K.J., Urganch shahrida yashovchi, 1999- yilda tug‘ilgan S.S. va Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996- yilda tug‘ilgan M.F. qo‘lga olingan.

Ular 2022-yilning mayida Toshkent viloyatidagi Aqcha—Obliq temir yo‘l bekatlari oralig‘idan o‘tuvchi beton ustunlardagi yuk va yo‘lovchi poyezdlar elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi simlarning jami 140 metrini kesib olib, Damas’ga yuklab, olib ketayotganida ushlangan.

Mazkur shaxslar bunga qadar Kuchlik-To‘ytepa temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 87,5 metr elektr simlarini hamda Ohangaron—Aqcha temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 100 metr elektr simlarini ham kesib olib, sotib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan K.J., S.S. va M.F. Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov