Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Komaning dahshatli tajribasini boshdan kechirgan deyarli har bir kishi undan “boshqa odam” bo‘lib chiqadi. Ba’zilar uchun koma Xudoning marhamatiga aylanadi, boshqalar uchun bu noldan boshlash imkoniyatidir, ayrimlarda esa butunlay yangi qobiliyatlar paydo bo‘ladi. E’tiboringizga o‘lim yoqasida turgan, biroq mo‘jizaviy tarzda komadan chiqib, hayotga qaytgan mashhurlarning hikoyalarini havola qilamiz.

Xelli Berri

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Xelli Berri aktrisalikka endi qadam qo‘yganida “Tirik qo‘g‘irchoqlar” teleserialida rol o‘ynaydi. Bir kuni suratga olish maydonchasida u o‘zini yomon his qiladi va 7 kunlik komaga tushadi. Xolliga 2-toifa diabet tashxisi qo‘yiladi. Qiz bu hazil emasligini va shifokorlar adashmaganini tushuna olmaydi, chunki u na alomatlarga, na ortiqcha vaznga ega edi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, birinchi bezovta qiluvchi simptomlar biroz vaqt oldin boshlangan. Bir necha oy davomida aktrisa haddan tashqari holdan toyadi, hatto ertalab o‘zi uchun nonushta tayyorlashga ham quvvati yetmaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Qandli diabet meni g‘aflatda qoldirdi, — deb eslaydi Berri keyinroq. — Oilamning hech bir a’zosi bundan aziyat chekmagan, men ham sog‘lig‘im a’lo darajada ekaniga ishonchim komil edi. Suratga olishning so‘nggi haftalarida shunchalik band edimki, hatto shokolad olish uchun do‘konga borishga ham vaqtim yo‘q edi. Natijada glyukoza darajasi keskin pasayib ketdi va men komaga tushib qoldim.
Sheron Stoun

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2001-yilda Sheron Stoun miyadagi subaraknoid qon ketishi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqiziladi. Shifokorlar darhol to‘g‘ri tashxis qo‘ya olmaydilar, shu sababli aktrisa 9 kunlik komaga tushib qoladi. Subaraknoid qon ketishi serebrovaskulyar kasallikning eng og‘ir shakllaridan biridir, agar u darhol aniqlanmasa, hammasi muvaffaqiyatsiz tugashi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shifokorlar muammoni aniqlaganida, Sheron allaqachon vaznining 18 foizini yo‘qotgan edi. 11 yildan so‘ng Stoun bu haqda shunday deydi:

Bu sodir bo‘lganda, boshim orqasida chidab bo‘lmas og‘riqni his qildim. Bu shunchalik og‘riqli ediki, yiqilib tushdim va hushimni yo‘qotdim. Komadan keyin hayotim avvalgidek bo‘lmay qoldi: men o‘limdan qo‘rqmay qo‘ydim — odamlarga hayotning har bir daqiqasidan zavqlanish kerakligini tushuntirishga harakat qilaman, chunki ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.
Elizabet Teylor

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Elizabet Teylor o‘zining tarjimayi holida shunday yozgan edi: “Koma — mening tabiiy holatim”. Albatta, bu metafora, lekin baribir aktrisa nima haqida gapirayotganini bilardi: u ikki marta komaga tushgan. 1960-yilda unga “Oskar” olib kelgan “Batterfild 8” filmini suratga olish paytida yulduz ikki tomonlama pnevmoniya bilan kasallangan. Kasallik shu qadar tez rivojlanadiki, natijada aktrisaning yuragi to‘xtab qoladi. Jurnalistlar aktrisa to‘satdan vafot etdi, deb ovoza qila boshlaydi, ammo shifokorlar Teylorni hayotga qaytarishadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Elizabet bilan navbatdagi “Kleopatra” filmida rol o‘ynagan Richard Berton aktrisa bu mukofotni iste’dodi uchun emas, komada bo‘lgani uchun olgan deb hisoblaydi. “Muvaffaqiyatli traxeotomiya uchun “Oskar” mukofoti berilganini birinchi marta ko‘rishim”, — deb hazillashadi Berton. Aktrisa esa: “Nima, buni o‘zi bilmaydi deb o‘ylaysizmi?”, — deb javob beradi. Berton Elizabetning zukkoligidan hayratda qoladi. Aynan shu achchiq hazildan so‘ng ular o‘rtasida romantika boshlanadi. Aktyor oilasi bor edi, shuning uchun ajrashishga shoshilmaydi. Teylor bu vaziyatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lib, uyqu dorining halokatli dozasini ichadi va 3 kunlik komaga tushib qoladi. Ularning shov-shuvli munosabatlari Vatikan e’tiborini ham tortadi, natijada Elizabetning bu qilmishi “hissiy beqarorlik”dan boshqa narsa emasligi haqida rasmiy bayonot e’lon qilinadi.

Biroq aktrisa maqsadiga erishadi: Berton xotini va qizini tashlab, unga uylanadi. Bu nikoh 10 yil davom etadi va ular munosabatlariga nuqta qo‘yadi. Ajrashishganidan roppa-rosa bir yil o‘tgach, Teylor va Berton yana turmush quradi. Ammo qayta nikoh atigi bir yil davom etadi: Elizabet erining spirtli ichimliklarga qaramligi tufayli ajrashish uchun ariza beradi.

Mixael Shumaxer

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2013-yilning dekabrida Mixael Shumaxer chang‘i uchayotgan vaqtida muvozanatini ushlay olmay, yiqilgan va boshi toshga urilishi natijasida miyasiga qon quyilgan. Shishishni to‘xtatish uchun shifokorlar sportchini 6 oylik sun’iy komaga tushirishadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2014-yil sentabr oyidan beri u Shveysariyadagi villasida sog‘lig‘ini tiklamoqda, ammo hozirgi holati haqida ko‘p narsa ma’lum emas: oilasi uning ahvoli haqida izoh bermaslikka harakat qiladi. Fojia sodir bo‘lganidan beri ko‘pchilik poygachining sog‘lig‘i haqida taxmin qiladi. Vaqti-vaqti bilan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi, unga ko‘ra, Shumaxerning oyoqqa turganiga ancha bo‘lgan — u to‘liq tuzalib ketguncha jamoatchilik e’tiborini jalb qilishni xohlamaydi. Biroq “Formula-1” prezidenti bu ma’lumotni rad etib, jamoatchilikka yolg‘on umid bermaslik kerakligini, aks holda u bu ma’lumotni e’lon qilgan nashrni tuhmat uchun sudga berishini ma’lum qilgan.

Kurt Kobeyn

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

O‘limidan 6 hafta oldin Kurt Kobeyn komaga tushib qoladi: musiqachi o‘nlab trankvilizator tabletkalarni shampan bilan ichadi, xotini esa bilmagan holda xotirjam uxlaydi.

Men unga hech qachon xiyonat qilmaganman, — deydi keyinroq Kortni Lav. — Ammo bir marta bu haqda o‘ylagandim. Menimcha, Kurt aynan shu sabab o‘z joniga qasd qilishga uringan: u hamma narsani his qilardi.
Kortni, shuningdek, erining o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi xatini topganini ham aytadi, ammo uning mazmuni oshkor qilinmaydi. Kasalxonada Kobeynning oshqozoni yuviladi, ammo musiqachi komadan chiqmaydi. Jurnalistlar uning o‘limini e’lon qilishga shoshilishadi. Biroq ertasi kuni ertalab Kurt o‘ziga keladi va shoshilinch ravishda kasalxonani tark etadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi