Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Hududgazta’minot” havo harorati keskin pasayishi tufayli gaz iste’moli sezilarli darajada oshgani sabab bu masalada rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Qayd etilishicha, 4-dekabr kuni mamlakat aholisiga (3,9 milliondan ortiq iste’molchi) 68 million kub metr (2021-yilning shu kunidagi ko‘rsatkich — 55,8 million kub metrdan 21 foizga ko‘p) gaz yetkazib berildi. Shunga qaramay, 516 ta mahallada yoki 79 mingta iste’molchida gaz bosimi pasaygani kuzatilmoqda, 14 mingtasida esa gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga 10 mingdan ortiq soha xodimlari jalb etilgan bo‘lib, ular MFYlar doirasida muammolarni hal etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, “Binokor” va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu Toshkentning Chilonzor, Mirobod va Sergeli tumani aholisiga gaz ta’minotini me’yorlashtirish imkonini beradi.

“O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari bilan birgalikda Yangiyo‘l tumani aholisining gaz ta’minotini yaxshilash masalalari hal etilmoqda. Xususan, Zafarobod ko‘chasi bo‘yidagi “Yangiyo‘l” MFYda 30 ta xonadonda muammo hal etildi, “Chamanzor” MFYda ishlar davom etmoqda.

Poytaxtdagi gaz quyish shoxobchalari ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi, jamoat va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega transport vositalariga yonilg‘i quyish tungi vaqtda amalga oshirilmoqda.

“Fursatdan foydalanib, barcha iste’molchilarni zangori yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida ‘Hududgazta’minot’ AJ fuqarolarni tabiiy gazdan oqilona foydalanishga, faqat eng zarur gaz iste’mol qiluvchi uskunalarnigina ishga tushirishga, uydan chiqayotganda imkon qadar isitish moslamalarida haroratni pasaytirishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...