Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi doirasida Katta Langar Qur’oni ham namoyish etildi. Turkiyaning TRT kanali ushbu namoyishga oid reportaj tayyorladi.

Islom olamining eng muhim qo‘lyozmalaridan biri — Katta Langar Qur’oni

O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanayotgan Katta Langar Qur’oni nomi bilan ataladigan Qur’oni karimning nusxasi dunyodagi eng qadimiy va nodir qo‘lyozma asarlaridan hisoblanadi. Bu nusxaning Katta Langar Qur’oni deb nomlanishi uning Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Langar ota masjidida saqlanganiga borib taqaladi. Sahifalar uzoq vaqt davomida “Katta Langar shayxlari” deb nom olgan Ishqiya tariqati vakillari tomonidan asrab kelingan.

Qo‘lyozma ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan olimlarning ta’kidlashicha, ushbu qo‘lyozmaning bitilishi VIII asrning oxirgi choragida — arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda ushbu qo‘lyozmaning 81 sahifasi Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi.

O‘zbekistonda mazkur qo‘lyozmaning jami 16 sahifasi mavjud bo‘lib, shundan bittasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida, 13 tasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasida saqlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 24-mayda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolaganidan keyin O‘zbekistonda bu borada bir qancha ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qo‘lyozma matni sayqallangan hayvon terisi — pergamentga bitilgan. Sahifalarning o‘rtacha hajmi 53x35 santimetrni tashkil etadi. Matnlar arabiy yozuv usullarining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan ko‘fiy-hijoziy xatida bitilgan. Qo‘lyozmaning charm muqovasi XIV asrga tegishli. XVII asr o‘rtalarida u qayta ta’mirlangan. Muqova hamda sahifalarni bir-biriga mustahkam biriktirish maqsadida arab tilidagi matnlar bitilgan qog‘ozlar yopishtirilgan.

Katta Langar Qur’oni yillar davomida ta’mirlanib, uni bezak va nuqtalar bilan to‘ldirib kelinganini ko‘rish mumkin. Masalan, ba’zi sahifalarning yirtilgan burchaklariga yamoq solingan va yamalgan joyidagi oyatlar nasx xati turida yozilgan. Suralar orasiga naqsh chizilib, unga suraning nomi va oyatlarining soni nasx xatida bitilgan. Ba’zi sahifalardagi ba’zi kalimalarga harakatlar qo‘yilganini ham ko‘rish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasida saqlanayotgan Katta Langar Qur’oni restavratsiya qilindi, ya’ni ko‘p asrlik chang, g‘ubor, zamburug‘ va zararli bakteriyalardan tozalandi. Mus’haf sahifalari ta’miri Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shafeligida Fransiyaning Luvr muzeyi restavratorlari va mahalliy mutaxassislar ishtirokida uch bosqichda, ya’ni 2019, 2020 va 2021-yillarda amalga oshirildi.

Islom olamining noyob qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan ushbu Katta Langar Qur’onining 2 sahifasi 2022-yil 23-noyabr kuni ochilgan O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan Parij ko‘rgazmasida namoyish etildi. Katta Langar Qur’onining tarixiy ahamiyati, musulmon dunyosidagi qadr-qimmati juda yuqori bo‘lib, Mus’haf ko‘p asrlar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo ahli, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, ko‘rgazmalar 2023-yil 6-martgacha Luvrda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi