Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 12-dekabrdan boshlab qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 76-sonli Toshkent—Xiva yo‘nalishi 12-dekabr sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent 14:00 — Xiva 04:57.

75-sonli Xiva—Toshkent yo‘nalishi 13-dekabr sanasidan boshlab haftaning har seshanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Xiva 14:47 — Toshkent 06:34.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda