• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 2-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    AQSH Rossiya bilan uchinchi jahon urushini boshlashni xohlamaydi

    “AQSH Rossiya bilan urushmoqchi emas, Amerika prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘yishni istamaydi”, — dedi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya aloqalarni saqlab qolmoqda. Avvalroq Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni yakunlashga qiziqish bildirgan taqdirdagina u bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytgandi.

    “Bayden uchun Ukrainadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Biz uni hech qanday tarzda kengaytirishni emas, aksincha yakunlashni xohlaymiz. Biz Rossiya bilan urushni xohlamaymiz, ayniqsa, uchinchi jahon urushini. Bunga intilayotganimiz yo‘q”, — dedi Blinken France 2 telekanaliga bergan intervyusida.

    Jo Bayden 1-dekabr kungi matbuot anjumanida yaqin orada Vladimir Putin bilan bog‘lanmoqchi emasligini aytdi. U Putin Ukrainadagi harbiy mojaroga barham berish istagini bildirsagina, u bilan muzokaraga tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

    Putin muzokaralarga tayyor, ammo AQSH shartlariga ko‘ra emas

    Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar boshlash uchun AQSH prezidenti Jo Bayden aytgan shartlarni qabul qilib bo‘lmaydi.

    Peskov Ukrainadagi harbiy amaliyot davom etishini qo‘shimcha qildi. Avvalroq Bayden Ukrainadagi urush to‘xtatilgandan keyingina Putin bilan muzokara boshlashini aytgandi. “U (Bayden) birinchi navbatda Putin Ukrainani tark etishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, bu Putinning muzokaralarga tayyorligini namoyish qiladi.

    Ammo bu masala mohiyatini o‘zgartiradi. AQSH Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi yangi hududlarni haligacha tan olmaydi. Bu esa albatta, o‘zaro munozara uchun asoslar izlashni sezilarli darajada murakkablashtiradi”, — dedi Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javoban.

    Peskov Vladimir Putin muzokaralarga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi: “Maxsus harbiy operatsiya davom etadi. Shu bilan birga, prezident Putin muzokaralar uchun ochiqligicha qolmoqda”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun hamon “tinch diplomatik vositalar” afzal.

    Ukraina Qurolli kuchlari esa Rossiya qo‘shinlari Zaporojyening bosib olingan qismidan olib ketilayotganini e’lon qilgan

    Ayni vaziyatda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi e’lon qilgan ma’lumotida aytilishicha, Rossiya qo‘shinlari o‘zining alohida bo‘linmalarini Ukrainaning Zaporojye viloyatida bosib olingan hududlardagi ba’zi aholi punktlaridan olib ketmoqda. Rossiyalik harbiylar, shuningdek, hudud bosib olinganidan keyin tayinlangan mahalliy ma’muriyatlar xodimlarini ham evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda, deya da’vo qiladi Ukraina Bosh shtabi.

    Ma’lumotda aytilishicha, Mixaylovka qishlog‘idan mahalliy politsiya bo‘limlari va o‘quv muassasasiga joylashib olgan bo‘linmalar chiqib ketgan. Burcha qishlog‘ida Rossiya tomonidan tayinlangan hukumat “aholini ixtiyoriy ravishda evakuatsiya qilish” uchun ro‘yxat tuzmoqda.Hozirda Rossiya Mudofaa vazirligi va Zaporojye viloyatining bosib olingan hududi ma’murlari Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumoti yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi sud jarayonlarini diqqat bilan kuzatmoqda

    Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida yuz bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq harakatlarda ayblanayotgan 22 nafar shaxs ustidan Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan sud jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda ittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi ma’lum qildi.

    “Biz O‘zbekiston hukumatiga jarayonni jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari uchun ochiq va shaffofligini, hamda bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyani ta’minlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz va jarayonning adolatli hamda xolis bo‘lishiga umid qilamiz.

    Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz. Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tergov komissiyasining ishlari natijasini yaqin kunlarda olishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va ushbu natijalar jamoatchilikka e’lon qilinishiga umid qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

    02.12.2022, 22:45   Izoh (0)   26592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi

    02.12.2022, 22:37

    Buxoroda fuqaro IIB binosida vafot etgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

    02.12.2022, 21:33

    MIB jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi raisi fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi

    02.12.2022, 21:12

    Janubiy koreyalik o‘qituvchilar O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida dars berishi ma’lum qilindi

    02.12.2022, 20:21

    Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan murojaat yo‘lladi

    02.12.2022, 19:47

    “Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...

    02.12.2022, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.