Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat berilishi kutilmoqda. IIV tegishli hujjar loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Unga ko‘ra, xodimlar haydovchilarning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlashda foydalanadi va aniqlangan holatlar bo‘yicha ularga nisbatan chora ko‘radi.

“Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi miqdorini yoki biologik suyuqlik (so‘lak)da giyohvandlik yoxud psixotrop moddalar borligini aniqlash orqali o‘tkaziladi”, — deyiladi hujjatda.

Haydovchida alkotesterda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda yoxud uning og‘iz bo‘shlig‘idan olingan biologik suyuqlik (so‘lak) narkotester yordamida tekshirib ko‘rilib, uning giyohvand modda iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvand modda ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov