Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin 1-dekabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, O‘zbekiston—Rossiya ishbilarmonlar forumida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Tadbirning asosiy voqealari 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)