Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri prokurori ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Aniqlanishicha, G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. boshqaruvidagi Lacetti Navbahor tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududida yo‘lning keskin burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan fuqaro M.O. boshqaruvidagi boshqa Lacetti bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi tan jarohati olgan. Avtomashina haydovchisi yonida bo‘lgan G‘ozg‘on shahar prokurori Baxtiyor Isoqov tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiy, avtotexnika va boshqa ekspertizalar tayinlangan. Shuningdek, xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi