Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IT Park 35 ta kompaniyani o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun IT Park rezidenti maqomidan mahrum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Rezidentlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori talablariga muvofiq faoliyat yuritishi va IT Park rezidenti faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarishi shart.

Xususan, asosiy majburiyatlar qatoriga quyidagilar kiradi: 

  • biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;
  • IT Park’ka har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;
  • har yili moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park’ka yuborish;
  • rezidentning IT Park bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

Nizom talablarini buzgan rezidentlar IT Park rezidenti maqomidan mahrum etiladi. Soliq tashkilotlari esa imtiyozlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilish choralarini ko‘radi.

IT Park rezidenti maqomidan mahrum bo‘lgan kompaniyalar orasida Toshkent shahridagi Prosoft, TIB Solutions va High Innovation Space kabi kompaniyalar bor.

Avvalroq IT Park’da rezident kompaniyalar keskin ko‘paygani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda