Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonning Islom qal’a chegarasidagi manbalar eronlik chegarachilar tomonidan afg‘on qochqinining otib o‘ldirilgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Hasht-e Subh Daily

Foto: Hasht-e Subh Daily

Ma’lum qilinishicha, qochqin Islomqal’a–Dog‘aron chegarasi orqali Eronga o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq qo‘shni davlat chegarachilari tomonidan otib o‘ldirilgan. Dog‘aron chegarasi Eronni Afg‘oniston bilan ulaydigan chegaralaridan biri bo‘lib, har kuni bu chegara orqali o‘nlab afg‘onlar Eronga keladi.

Ta’kidlanishicha, eronlik chegarachilar tomonidan afg‘on qochqinlariga qarata o‘q uzish holatlari ko‘p uchraydi. Jumladan, hirotlik yigit Nimrozda Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi umumiy chegarada eronlik chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Human Rights Watch tashkiloti Turkiya muntazam ravishda o‘n minglab afg‘on muhojirlarini mamlakatning Eron bilan chegarasidan chiqarayotgani yoki ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri Afg‘onistonga qaytarib yuborayotganini ma’lum qilgandi. BMT esa Tojikiston hukumatini afg‘onlarni deportatsiya qilishni to‘xtatishga chaqirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj