Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori o‘ldirib ketilgandi. “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, IIV departamet boshlig‘i o‘rinbosari Hamza Mahsumov holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Xodim pichoqlanib o‘ldirilgan. Ayol kishi inspektorga telefon qilib, ‘Erim meni o‘ldirmoqchi’, deb aytgan. Voqea joyiga inspektor borgan vaqtda ayolning eri xodimga ikki marta pichoq urgan”, — degan Hamza Mahsumov.

Voqea 30-noyabr kuni soat 00:50 larda yuz bergandi. Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumanning “G‘alaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida IIB profilaktika inspektori hayotiga tajovuz qilgan fuqaro qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)