Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Meksika terma jamoasi libosi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

JCH—2022 2-turidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi o‘yindan so‘ng (2:0) Argentina terma jamoasi kiyim almashtirish xonasidagi holat videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. Unda Messi yerda yotgan Meksika terma jamoasi libosiga tegib ketgani aks etgan.

Ushbu holat bokschi Saul Alvaresga yoqmagan va u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Leoni tanqid qilgan. Keyinchalik Guardado bu vaziyatga munosabat bildirib, Messining yonini olgan va bokschining harakatini “nizo yaratish va mashhurlikka erishishga urinish”ga qiyoslagan.

Futbolchilar Serxio Aguero, Sesk Fabregas, bokschi Mayk Tayson ham Messini qo‘llab-quvvatlagan. Shundan so‘ng Kanelo Lionel Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi.

Leoning o‘zi esa vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi: “Bu anglashilmovchilik. Meni taniganlar biladiki, hech kimga hurmatsizlik qilmayman. Bunday holat o‘yindan so‘ng kiyim almashtirish xonasiga doim yuz beradi. Hech kimdan uzr so‘rashim shartmas, chunki meksikaliklarga va terma jamoa libosiga nisbatan hurmatsizlik qilganim yo‘q”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj