Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida C guruhining ikki o‘yini 30-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Argentina va Polsha o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Argentina katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Lionel Messi o‘zi ishlagan penaltini noaniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limni esa Janubiy Amerika vakillari gol bilan boshladi. Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Xulian Alvares argentinaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida esa Saudiya Arabistoni Meksikaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Genri Martin meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 52-daqiqada esa Luis Chaves hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. O‘yin yakunida esa al-Dosari saudiyaliklar safida gol muallifiga aylandi. Yakunda 2:1 hisobida Meksika g‘alaba qozondi.

Shu tariqa C guruhida Argentina 6 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Polsha 4 ochko jamg‘ardi va 2-o‘rinda pley-off bosqichiga chiqdi. Meksikada ham 4 ochko, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra Polshadan ortda qoldi. Saudiya Arabistoni 3 ochko bilan guruh autsayderiga aylandi.

JCH—2022

3-tur bahsi

30-noyabr, chorshanba

Polsha — Argentina 0:2

Gollar: 0:1 – 46 Mak Allister, 0:2 – 67 Alvares.

Polsha: Shensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski (Enjeychik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Krixovyak (Pentek, 83), Belik (Shimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).

Argentina: Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Mak Allister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).

Ogohlantirishlar: Akunya (49), Krixovyak (78).

Saudiya Arabistoni — Meksika 1:2

Gollar: 0:1 – 47 Martin, 0:2 – 52 Chaves, 1:2 – 90 Al-Dosari.

Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Al-Ganam (Bahebri, 88), Tombakti, Al-Amri, Al-Bulayhi (Sharahili, 37), Abdelhamid, Al-Dosari, Al-Hassan (Madu, 46), Kanno, Al-Breykan, Al-Shehri (Al-Obod, 62).

Meksika: Ochoa, Sanches (Alvares, 86), Moreno, Montes, Galyardo, Chaves, Pineda (Rodriges, 77), Alvares (Funes Mori, 86), Losano, Martin (Ximenes, 77), Vega (Antuna, 46).

Ogohlantirishlar: Alvares (16), Al-Shehri (28), Al-Hassan (34), Tombakti (52), Madu (81), Al-Amri (90), Bahebri (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?