Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Interpol Angola sobiq prezidentining qizi, avval Afrikaning eng badavlat ayoli hisoblangan Izabel dush Santushga nisbatan “qizil bildirishnoma” e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Izabel dush Santush

Izabel dush Santush
Foto: ICIJ

“Qizil bildirishnoma” — jinoyatchini topish va uni ushlash maqsadida Inetrpol tomonidan huquq-tartibot idoralariga tarqatilgan xalqaro ogohlantirish.

Dush Santush Angolada turli jinoyatlarda, jumladan, pullarni noqonuniy o‘zlashtirish, savdoga ta’sir o‘tkazish, pul yuvish va firibgarlikda ayblanmoqda. Xususan, 2020-yilda mamlakat hukumati tadbirkor va uning turmush o‘rtog‘ini go‘yoki milliard dollarlik budjet mablag‘larini o‘zlari egalik qiladigan kompaniyalar hisobiga o‘tkazganlikda ayblagan.

Dush Santush ayblovlarni rad etib keladi. U bularni siyosiy motivli deb atamoqda.

Ilgari Izabel dush Santush Afrikaning eng boy ayoli bo‘lgan —  Forbes uning boyligini 2020-yilda 1,4 milliard dollarga, 2019-yilda esa 2,3 milliard dollarga baholagan. 2021-yilda jurnal uni milliarderlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi, chunki uning mablag‘lari ko‘plab ayblovlar tufayli muzlatilgan.

Izabel dush Santush Rossiya fuqaroligiga ega. U 1973-yilda Bokuda tug‘ilgan, onasi esa Rossiyaning Penza viloyatidan.

Izabel dush Santushning otasi Joze Eduardu dush Santush 1979-yildan 2017-yilgacha Angola prezidenti lavozimida ishlagan. Otasi iste’foga chiqqanidan ko‘p o‘tmay Izabel korrupsiya ayblovlari tufayli mamlakatdan chiqib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov