Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya Yevropa va ukrainalik hamkorlari bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainadagi “agressiv jinoyatlari” bo‘yicha maxsus tribunal yaratish ustida ish boshladi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy. 8-fevral, 2022-yil.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy. 8-fevral, 2022-yil.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Rossiya agressiyasidan keyin Ukrainada sodir etilgan jinoyatlar jazosiz qolishiga qarshi kurashish Fransiya uchun ustuvor vazifa. Biz Ukraina adliya tizimini ham ushbu jinoyatlarning aybdorlarini javobgarlikka tortish uchun xolis va mustaqil tergov o‘tkazishga qodir bo‘lgan Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar etdik, — deyiladi xabarda.
30-noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun BMT ko‘magida maxsus tribunal tashkil etishni taklif qilgandi. Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi turli davlatlardan yordam olish uchun xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga tayyor.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya tribunal tashabbusini “o‘z qonunbuzarligini yashirishga urinish” va “BMT nufuzi ortiga bekinish” deb atadi. Rossiyaning BMT Jeneva shtab-kvartirasidagi doimiy vakili Gennadiy Gatilovning ta’kidlashicha, tribunalni tashkil etish uchun bu tashabbus BMT Xavfsizlik Kengashida ma’qullanishi kerak.

Yevropa Ittifoqining anonim rasmiylari The Washington Post bilan suhbatda maxsus tribunal yaratish taklifini BMT Xavfsizlik Kengashidan o‘tkazib bo‘lmasligi (Rossiya u yerda veto huquqiga ega), ammo bu BMT Bosh Assambleyasi orqali amalga oshirilishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

Oktabr oyida Yevropa kengashi parlament assambleyasi kengash a’zolarini Rossiyani “terrorchi rejim” deb tan olishga va uning Ukrainaga qarshi tajovuzi munosabati bilan maxsus xalqaro tribunal yaratishni tezlashtirishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Noyabr oyida xuddi shunday rezolyutsiya NATO Parlament Assambleyasi tomonidan ma’qullangan edi.

Keng ko‘lamli urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina Gaagadagi Xalqaro sudga Rossiyaga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi. Mart oyida sud Rossiyadan bosqinni to‘xtatishni talab qildi. Bundan tashqari, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud 2013-yil 21-noyabrdan boshlab Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni tergov qilishni boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj