• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 1-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Ukraina uchun NASAMS mudofaa tizimlari va sovet davriga oid qurol yarog'lar hozirlanmoqda

    AQSH Ukraina uchun NASAMS havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olish bo‘yicha Raytheon kompaniyasi bilan 1,2 milliard dollarlik shartnoma tuzdi. Bu haqda Amerika Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

    Ma’lum qilinishicha, Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berish bo‘yicha tashabbuslarning beshinchi paketi doirasida imzolangan ushbu shartnomada oltita NASAMS batareyalarini yetkazib berish, Ukraina Qurolli kuchlari va xavfsizlik kuchlarini o‘qitish hamda moddiy-texnik ta’minlash haqida gap ketadi.

    Idora aniqlik kiritishicha, hozircha zenit-raketa majmualari ishlab chiqarilishi yakunlanib, Ukrainaga yetkazib beriladigan taxminiy sana — 2025-yil 28-noyabr. Ammo Vashington ushbu muddatni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda, deyiladi xabarda.

    Ayni vaziyatda NATO Ukraina armiyasi tomonidan foydalanilayotgan sovet davriga oid qurol-yarog‘lar tizimiga mablag‘ kiritish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken CNN’ga ma’lum qildi.

    Zelenskiy Ilon Maskni Ukrainaga taklif qildi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik biznesmen Ilon Maskni mamlakatga tashrif buyurib, shundan keyin nizoni qanday tugatish haqida taklif berishga chaqirdi. “Ukrainaga keling… Shundan keyin bizga bu urushni qanday tugatish haqida, uni kim boshlagani va qachon yakunlash mumkin bo‘lishi haqida aytib berasiz”, — dedi u The New York Times gazetasi tomonidan tashkillashtirilgan kitob forumidagi nutqi chog‘ida.

    Shu tariqa Zelenskiy jurnalist tomonidan Ilon Maskning Ukrainadagi nizoni hal qilish haqidagi taklifini izohlash haqida berilgan savolga javob qildi. Amerikalik biznesmen Ukrainadagi ziddiyat Qrimning Rossiya tarkibida qolishi va Moskva mamlakatning neytral maqomiga erishishi bilan tugashini aytgandi.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘shanda Maskning bu taxminlarini dunyo jamoatchiligi orasida bo‘layotgan muhokamalarning bir qismi deb atagandi.

    Ukraina Oliy radasi matbuot xizmati Maskka “Yo‘q” deb javob berdi. Ukraina ichki ishlar vaziri sobiq o‘rinbosari Anton Gerashchenko postga yozgan javobida bunday shartlar bilan bitim tuziladigan bo‘lsa, “Rossiya o‘ziga Alyaskani qaytarib olishi kerak”ligini ta’kidlagandi.

    Rossiyaning agressiv jinoyatlarini tekshirish bo'yicha maxsus tribunal yaratiladimi?

    Fransiya Yevropa va ukrainalik hamkorlari bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainadagi “agressiv jinoyatlari” bo‘yicha maxsus tribunal yaratish ustida ish boshladi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

    Rossiya agressiyasidan keyin Ukrainada sodir etilgan jinoyatlar jazosiz qolishiga qarshi kurashish Fransiya uchun ustuvor vazifa. Biz Ukraina adliya tizimini ham ushbu jinoyatlarning aybdorlarini javobgarlikka tortish uchun xolis va mustaqil tergov o‘tkazishga qodir bo‘lgan Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar etdik, — deyiladi xabarda.

    30-noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun BMT ko‘magida maxsus tribunal tashkil etishni taklif qilgandi.

    Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya tribunal tashabbusini “o‘z qonunbuzarligini yashirishga urinish” va “BMT nufuzi ortiga bekinish” deb atadi.

    Rossiyaning BMT Jeneva shtab-kvartirasidagi doimiy vakili Gennadiy Gatilovning ta’kidlashicha, tribunalni tashkil etish uchun bu tashabbus BMT Xavfsizlik Kengashida ma’qullanishi kerak.

    O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish harakatida. Buning uchun qanday talablarga javob berish kerak?

    Hozirda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bosh mutaxassisi Alijon Aliyev “Daryo”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    JSTga qo‘shilish uchun milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartirishlar kiritish, iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirish uchun qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur.

    JSTga a’zo bo‘lish orqali bizda yangi turdagi mahsulotlarni yetishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Turli sohalarda xorij tajribasini kengroq o‘rganish investitsion muhitni yaxshilashga, eksport bozorlarimizni diversifikatsiya qilishga katta yordam beradi.

    JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha aniq bir vaqtni taxmin qilish qiyin. Chunki bu tashkilotga faqatgina muzokaralar orqaligina qo‘shila olamiz. Hozir O‘zbekiston faol muzokaralar jarayonida.“Hozirda JSTga 164 ta davlat a’zo. Bu tashkilotga 3 tasnif asosida, ya’ni rivojlangan, rivojlanayotgan va eng kam rivojlangan davlatlar maqomida qo‘shilish mumkin. Biz rivojlanayotgan davlat maqomida qo‘shilishga intilyapmiz.

    Bunda bizga qator imkoniyatlar ochiladi. Masalan, o‘tish davriga uzoqroq vaqt beriladi. JSTga qo'shilsak, Xalqaro qarorlar qabul qilishda O‘zbekiston ovozi ham inobatga olinadi”, – deydi vazirlik vakili.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov aytishicha, so‘nggi 3 yil ichida O'zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga qaratilgan faoliyatni qayta tiklagan.

    01.12.2022, 23:39   Izoh (0)   9070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston ipagi, ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

    01.12.2022, 23:22

    Turkmanistonda abituriyentlar muddatli harbiy xizmatni kechiktirish huquqiga ega bo‘ldi

    01.12.2022, 22:45

    Mark Sukerberg Apple siyosatini tanqid qildi

    01.12.2022, 22:33

    Yevrokomissiya Rossiya nefti narxini bir barreli uchun 60 dollar qilib belgilashni taklif qildi

    01.12.2022, 22:10

    Rossiya Qora dengizdan “Kalibr” qanotli raketa tashuvchilarini olib chiqdi

    01.12.2022, 21:56

    Lavrov Rossiyaning AQSH bilan muloqotga qaytishi shartini aytdi

    01.12.2022, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rdi” — AQSH manbalari

    Dunyo | 2 iyul, 11:14

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.