Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Ukraina uchun NASAMS havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olish bo‘yicha Raytheon kompaniyasi bilan 1,2 milliard dollarlik shartnoma tuzdi. Bu haqda Amerika Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berish bo‘yicha tashabbuslarning beshinchi paketi doirasida AQSH armiyasi Raytheon Missiles and Defense kompaniyasi bilan oltita NASAMS batareyalarini yetkazib berish, Ukraina Qurolli kuchlari va xavfsizlik kuchlarini o‘qitish va moddiy-texnik ta’minlash haqida 1,2 milliard dollarlik shartnoma imzoladi”, — deyiladi bayonotda.

Idora aniqlik kiritishicha, zenit-raketa majmualari ishlab chiqarilishi yakunlanib, Ukrainaga yetkazib beriladigan taxminiy sana — 2025-yil 28-noyabr. Ammo Vashington ushbu muddatni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda, deyiladi xabarda.

23-noyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaga 400 million dollar harbiy ko‘mak ajratishni ta’minlashni topshirdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi aniqlik kritiishicha, yangi yordam paketiga, shu jumladan, NASAMS raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar kiradi. 4-noyabr kuni Pentagon Ukrainaga sakkizta NASAMS majmualarini yuborganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin AQSH Ukrainaga 20 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgani va qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj