Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belgiyada 2016-yilda Bryussel metrosi va aeroportida 32 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlashga rahbarlik qilish yoki ularga yordam berishda ayblangan odamlarga nisbatan tarixdagi eng yirik jinoiy sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Portlashga aloqador fransuz gumonlanuvchisi 33 yoshli, elektrchi Abdeslam Saloh hisoblanadi. Saloh 2015-yilda 130 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Parij hujumlarida ishtirok etgani uchun Fransiyadagi sudda aybdor deb topilganidan so‘ng mashhurlikka erishgandi. Sudda hozir bo‘lgan to‘qqiz nafar ayblanuvchidan faqat bittasi, 30 yoshli Usama Krayem yuqori xavfsizlik mahkamasiga olib kelinganida o‘rnidan turishdan bosh tortgan.

O‘ninchi gumonlanuvchi, 33 yoshli Usama Atar Suriyada o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Sud 12 nafar hakamlar hay’atini va 24 nafar potensial o‘rinbosarni tanlashi kerak edi, ular 2023-yilga qadar bir necha oy davom etadigan jarayonning kunlik majlislarida qatnashadi. 5-dekabrda dalillar bo‘yicha asosiy sud eshittirishi boshlanadi.

ISHID 2015-yilning 13-noyabridagi Parij hujumlari va 2016-yilning 22-martida Bryusseldagi xudkush portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Tergovchilar hujumda Belgiyada joylashgan Abdeslamning(ISHIDga aloqador fransiyalik terrorchi) ham ishtiroki borligini aytgan.

Terrorchi guruh Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevro-2016 futbol kubogiga hujumlarni rejalashtirgan, biroq Abdeslam 18-mart kuni hibsga olinganidan so‘ng ular harakatini tezlashtirgan. Xususan, oradan to‘rt kun o‘tib, 22-mart kuni ikki xudkush terrorchi Bryussel aeroportida, yana biri esa shahar markazidagi YI shtab-kvartirasi yaqinidagi metro bekatida o‘zini portlatib yuborgan.

Halok bo‘lganlar bilan bir qatorda yuzlab sayohatchilar va transport xodimlari jarohatlangan.

Belgiyada sud qilinadigan to‘qqiz nafar ayblanuvchidan besh nafari, jumladan, Abdeslam ham Fransiya sudi tomonidan allaqachon hukm qilingan. Jumladan, u Fransiyada bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda va Belgiyada yana bir muddat jazolanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)