Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida gumonlanayotganlarning 22 nafariga nisbatan sud ishi davom etmoqda. 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida asosiy gumondorlardan biri Lolagul Qallixanova ham so‘z olib, qilgan ishlaridan pushaymon ekanini bildirdi.

Sud zalida so‘z olgan Lolagul Qallixanova “Qonunchilikda muddatidan oldin deputatlar va Jo‘qorg‘i Kenges raisi vakolatlarining tugashiga oid qanday huquqiy normalar borligini bilasizmi?”, degan savolga “bilmayman”, deb javob bergan bo‘lsa, “Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari va raisini ishdan olishni talab qilib, referundum asosida Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan ajralib chiqishi haqidagi videomurojaatingiz tarmoq foydalanuvchilariga qanday ta’sir qilishini xohlagandingiz?”, degan savolga “Birinchi navbatda bir narsani o‘yladim. Bu narsalarga Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari va yuqorida o‘tirganlar e’tibor bersin. Bu — o‘zgarish (Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish)lar katta narsaga aylanib ketmasidan oldin to‘xtatilsin. Haqiqatdan ham men katta narsaga aylanib ketishini xohlamadim. Xalq ko‘tarilib ketadi deb o‘yladim. Biroq bu darajada urush bo‘lib ketadi deb o‘ylamagandim”, deya javob berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Jurnalist, shuningdek, “OAVda chiqqan har bir narsani davlat boshqaruv organlari rahbarlari, barchasi o‘rganib chiqishi kerak. Bu narsani (videomurojaat e’lon qilingani) men qilgandan keyin ular qandaydir munosabat bildirar, xalqning oldiga chiqar degan maqsadda qilganman”, dedi.

Lolagul Qallixanova uning videomurojaati odamlarga yomon ta’sir qilganini endi tushunib yetganini qo‘shimcha qildi.

Avval o‘ylab, keyin so‘zla deyishadi-ku, tergov vaqtida o‘tirib o‘ylasam, odamlarga yomon ta’sir qilganini, agressiyani, radikal fikirlarni uyg‘otib yuborganini endi tushunyapman. Rosti, e’tiborni tortib, rahbarlar biroz e’tibor bersin degan maqsadda qilganman, — dedi u.
 

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov