Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 30-noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralashi to‘g‘risida bayonot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan harakat ko‘plab insonlarning, asosan, yosh talabalarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan.

Yana bir bor shuni ma’lum qilamizki, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lib, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiladi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Afg‘onistondagi diniy maktabda portlash yuz berib, 35 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash manbalariga ko‘ra, hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan. Ular Samangon viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. “Tolibon” harakati hozircha portlash haqda ma’lumot bermagan. Viloyati kasalxonasidagi manbalar portlash qurbonlarining aksariyati talabalar ekanini aytgan.

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” voqea joyini to‘sib qo‘ygan va hech kimga suratga olishga ruxsat bermagan. Portlash bo‘lgan hududdan jasadlarni olib chiqilgan. Portlashning mohiyati hozircha noma’lum, hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Afg‘onistonda portlash tez-tez sodir bo‘ladi, asosan juma namozi paytida masjidlar hujumga uchraydi. Sentabr oyida Kobuldagi ta’lim markazi imtihon vaqtida portlatilgandi, oqibatda 32 kishi halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi