Mbappe yetakchilikni tortib oldi, Benzema 20-o‘rinda. “Oltin to‘p”ga ehtimoliy da’vogarlar reytingi yangilandi
Buyuk Britaniyaning Goal nashri 2023-yilgi “Oltin to‘p” uchun ehtimoliy nomzodlarning reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, “PSJ” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. 23 yoshli futbolchi klubdoshi va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messidan o‘zib ketgan.
Kuchli uchlikka yana “PSJ” vakili Neymar yakun yasagan. “Oltin to‘p” sovrining amaldagi sohibi Karim Benzema 20-pog‘onaga tushib ketgan.
Top-20 lik bilan tanishing:
- Kilian Mbappe (“PSJ”)
- Lionel Messi (“PSJ”)
- Neymar (“PSJ”)
- Erling Holand (“Manchester Siti”)
- Robert Levandovski (“Barselona”)
- Vinisius Junior (“Real Madrid”)
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)
- Muhammad Saloh (“Liverpul”)
- Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”)
- Jamal Musiala (“Bavariya”)
- Bukayo Saka (“Arsenal”)
- Kodi Gakpo (“PSV”)
- Jud Bellinghem (“Borussiya” D)
- Risharlison (“Tottenhem”)
- Pedri (“Barselona”)
- Harri Keyn (“Tottenhem”)
- Rafael Leau (“Milan”)
- Federiko Valverde (“Real” Madrid)
- Fil Foden (“Manchester Siti”)
- Karim Benzema (“Real”).
- Karim Benzema — 2022-yilgi “Oltin to‘p” sohibi
- “Oltin to‘p”—2022. Son Hyon Min Osiyo vakillari orasida tarixdagi eng yuqori reytingni qayd etdi. Mane — Vea davridan keyingi eng yaxshi afrikalik
- Karim Benzema 66 yil ichidagi eng yoshi katta “Oltin to‘p” sohibiga aylandi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar