Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bojxonachilar tomonidan 2022-yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga oid 314 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada umumiy qiymati 19 milliard 200 million so‘mlik 1 million 578 ming 346 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari ushlab qolingan.

Aniqlangan holatlarining 71 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 2021-yilning shu davrida esa 128 ta shunday holat aniqlangan va 17 milliard 500 million so‘mlik 1 million 449 ming 305 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari muomalasiga chek qo‘yilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Akromjon Ahlimirzayev “Daryo”ga bergan intervyusida respublikaning qaysi hududlaridan kontrabanda tamaki mahsulotlarini olib o‘tishga urinishlar ko‘p uchrayotgani haqida ma’lumot berdi.

Akromjon Ahlimirzayev

Akromjon Ahlimirzayev
Foto: “Daryo”
Noqonuniy tamaki mahsulotlarining mamlakatga kirib kelish sxemalariga to‘xtalsak, bu holat asosan, vodiy viloyatlari, xususan ko‘p holatlarda Namangan va Farg‘ona viloyatlarida uchramoqda. Shu bilan birga, Toshkent viloyatining anklav yoki suvli hududlari bor. O‘sha chegaralarning o‘tish qiyin bo‘lgan sohalaridan ham noqonuniy o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar mavjud. Bundan tashqari, bevosita bojxona postlari orqali ham olib o‘tishga urinish holatlari uchrab turibdi. Ayniqsa, chegaradosh va simto‘siqlar o‘rnatilgan hududlardan olib o‘tishga urinishlar eng ko‘p uchraydigan holatlardir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga kirib keladigan noqonuniy tamaki mahsulotlarning katta qismi BAA va Koreya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda, musodara qilingan noqonuniy tamaki mahsulotlari hajmi joriy yilda 9 foizga ko‘paygan. Bu davlat iqtisodiyotiga soliq va boj to‘lamaslik oqibatida yetkazilayotgan zarar bilan birga, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni odamlar sog‘lig‘iga bo‘layotgan xavfi ham ortib borayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun esa nafaqat bojxona yoki boshqa davlat organlari, balki jamoatchilik nazorati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?