Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida B guruhining ikki o‘yini 29-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Angliya Uelsga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Inglizlar safida Fil Foden bitta gol urgan bo‘lsa, Markus Reshford dublni rasmiylashtirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida AQSH Eron bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Kristian Pulishich gol urdi.

Shu tariqa Angliya 7 ochko bilan B guruhida 1-o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi. AQSH 5 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi va keyingi bosqichga chiqdi. Eron 3 ochko, Uels esa 1 ochko jamg‘ara oldi.

1/8 finalda Angliya A guruhining ikkinchi jamoasi Senegal bilan o‘ynaydi, AQSH esa Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

JCH—2022

2-tur bahsi

29-noyabr, seshanba

Uels — Angliya 0:3

Gollar: 0:1 — 50 Reshford, 0:2 — 51 Foden, 0:3 — 68 Reshford.

Uels: Uord, Uilyams (Roberts, 36), Rodon, Mifem, Devis (Morrell, 59), Ampadu, Remzi, Allen (Koluill, 81), Beyl (Jonson, 46), Mur, Jeyms (Uilson, 77).

Angliya: Pikford, Uoker (Aleksander-Arnold, 57), Maguayr, Stounz, Shou (Trippyer, 65), Henderson, Rays (Fillips, 58), Bellinghem, Foden, Keyn (Uilson, 57), Reshford (Grilish, 76).

Ogohlantirishlar: Jeyms (29), Remzi (61).

Eron — AQSH 0:1

Gol: 0:1 – 38 Pulishich.

Eron: Beyronvand, Rezayan, Puraliganji, Husseyni, Muhammadi (Karimi, 45), G‘olizade (Ansorifard, 77), Hojsafi (Jaloli, 72), Ezzatullohi, Nurollohi (Torabi, 71), Taremi, Azmun (G‘oddos, 46).

AQSH: Tyorner, Dest (Mur, 82), Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni (Akosta, 65), Musa, Pulishich (Aaronson, 46), Vea (Simmerman, 82), Sarjent (Rayt, 77).

Ogohlantirishlar: Adams (43), Husseyni (77), Kanaanizadegan (83), Jaloli (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi