Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev “Taraflar”  ko‘rsatuviga bergan intervyusida nima sababdan teleko‘rsatuvlarga chiqmayotgani, san’atdan ketgisi kelgan davr bo‘lgani va san’atga dog‘ tushirayotgan hamkasblari borligi haqida gapirdi.

“Televideniyedagi bir ko‘rsatuvga borsangiz boshlovchi sizni kim bilandir urushishingizga sabab bo‘ladigan, ‘qitiqlaydigan’ savollarni beradi”

Ko‘rsatuvlarga borishni 90 foizga kamaytirib yuborganman, 95 foiz desam ham to‘g‘ri bo‘ladi. Sababi o‘zim xohlagan darajadagi qiziqarli ko‘rsatuvlarni ko‘rmayapman. Menga “san’atga kirib kelishingizga kim sababchi bo‘lgan”, “birinchi qo‘shig‘ingiz qaysi edi” degan savollarni berish xato, chunki million marta javob berilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham bor. Shaxs sifatida o‘ylanib qoladigan savollarni xohlayman, shunaqa narsalarni topa olmagandan keyin uzoqlashib qoldim.

Yoki televideniyedagi bir ko‘rsatuvga borsangiz boshlovchi sizni kim bilandir urushishingizga sabab bo‘ladigan, “qitig‘laydigan” savollarni beradi, keyin siz ham kimnidir g‘iybat qilasiz, gunoh bo‘ladi. Undan keyin bir oy o‘zingizga kelmaysiz, nega bordim deysiz. Ko‘rsatuvni qo‘yma degani vijdoningiz yo‘l qo‘ymaydi, sababi uning orqasida qancha muxlislar turibdi, qolganlar mehnat qilgan. Shunaqa holat bo‘lgani uchun haqiqatan ham o‘zini kasbini hurmat qilgan insonlar bilan suhbat qilishga yuguraman. Tonggi dasturlar bor, yaxshilikni ravo ko‘radigan, piar degan narsa shunaqa tushuncha bo‘lib qoldiki, uni ko‘rish uchun hamma ishni qiladigan bo‘lib qolishdi.

“San’atdan ketsammikan deb o‘yladim, menda hech qachon bunaqa holat bo‘lmagan edi”

Menda shunaqa davr bo‘ldi, san’atdan ham ketgim keldi. Chunki o‘zimizning sohamizdagi bir ikkita insonlar, yoshi kattalari ham bor, faqat yoshlar deya olmayman, otini aytmayman, aynan shaxsiyatiga tekkizib gapiradigan odam emasman, shu sohaga dog‘ tushiraverganidan hurmati pasayib qolgan holatlar bo‘ldi. Men uyaldim, chunki men ham shu sohaning bir bo‘lagiman degan narsa bo‘ldi.

San’atdan ketsammikan deb o‘yladim, menda hech qachon bunaqa holat bo‘lmagan edi. Biroq yaxshi fikrlaydigan muxlislar borligi, ularni qo‘llab-quvvatlashi oqibatida, ishimni yaxshi ko‘rganim uchun o‘zimga kuch berishim ushlab qoldi. Yo bu holatdan o‘tdik, yoki o‘rganib qoldik.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi