Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

30 yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab ajoyib rollarni o‘ynagan Sandra Bullok ko‘pchilikning qalbidan joy olgan. Uning so‘nggi ishi katta muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, 57 yoshida Sandra Bullok karyerasida vaqtinchalik tanaffus qilishini e’lon qildi.

Dramaturgiya fakulteti talabasidan Gollivud aktrisasigacha

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sandra Bullok AQSHda tug‘ilgan, lekin bolaligi opera qo‘shiqchisi bo‘lgan onasi va armiyada xizmat qilgan otasi bilan birga Germaniyada o‘tgan. U san’atga mehrni onasidan meros qilib olgani sabab Sharqiy Karolina universitetida dramaturgiyani o‘rganish uchun Amerikaga qaytib keladi. Kino aktrisasi sifatida debyut qilishdan oldin u Nyu-Yorkda teatr san’ati bo‘yicha ham ta’lim olgan.

Kinodagi ilk debyutini “Jallodlar” (1987) filmida, birinchi katta rolini esa “Kim o‘q uzdi?” filmida o‘ynaydi. (1989). Aktrisaga mashhurlikni Kianu Rivz bilan birgalikda ishlagan “Tezlik” (1994) trilleri olib keladi. Karyera zinapoyasiga barqaror ravishda ko‘tarilgan Sandra turli janrdagi filmlarda rol o‘ynashni davom ettiradi. 2006-yilda u yana Kianu Rivz bilan mashhur “Ko‘l bo‘yidagi uy” romantik dramasida birgalikda rol ijro etadi.

Dunyo miqyosida tan olinishi va “Oskar”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2000-2010-yillar davomida taniqli aktrisa o‘zining eng mashhur rollarini o‘ynaydi. Jumladan, u kassalarda xit bo‘lgan “Muloyim xonim” komediyasida, Jorj Kluni bilan “Gravitatsiyal filmi va “Ko‘rinmas tomon” biografik dramasida ajoyib obrazlar yaratdi.

So‘nggi filmi uchun Sandra “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Filmda keyinchalik muvaffaqiyatli futbolchiga aylangan bolani asrab olgan ayol rolini o‘ynaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2010-yillarning oxirida Sandra Bullok omadli filmlarda, jumladan, “Oushenning sakkiz dugonasi”, “Qush qutisi” trilleri va “Yo‘qolgan shahar” filmlarida suratga tushdi. “Yo‘qolgan shahar” sarguzasht komediyasi va “O‘qdan tez” filmidagi rollar aktrisaning yaqin kelajakdagi so‘nggi loyihalari edi. Sandra Bullok aktrisalik faoliyati davomida 49 ta filmda rol ijro etgan.

46 yoshida aktrisa ona bo‘ldi va ko‘p o‘tmay haqiqiy sevgisini uchratdi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sandra Gollivuddagi ba'zi aktyorlar bilan munosabat o‘rnatgandi. Masalan, sobiq yulduz Teyt Donovan bilan munosabatlari 3 yil davom etdi, keyinchalik u Metyu Makkonaxi bilan ishqiy munosabatda bo‘ldi. Juftlik 2 yildan keyin ajrashgan bo‘lsa-da, ular hozirgacha do‘st bo‘lib qolgan.

46 yoshida aktrisa Luis Bardo ismli o‘g‘il bolani, oradan 5 yil o‘tib Laylo ismli qizchani asrab oldi. Aktrisa ona bo‘lganida u barcha umidlari ushalganini aytdi: “Menga har doim yaxshi farzand seni o‘zi topadi, deyishardi”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2015-yilda Sandra Bullok fotograf Brayan Rendall bilan tanishadi. Aktrisa uni o‘g‘lining tug‘ilgan kunida suratga olish uchun chaqirgandi. “Hayotimdagi haqiqiy sevgimni topdim. Bizning 3 ta chiroyli farzandimiz bor (Brayanning qizi )”, — deydi Sandra.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Men juda charchadim”, — deydi Sandra kino sanoatdan vaqtinchalik tannafus e’lon qilar ekan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sandra Bullok keng ko‘lamli va muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etgan, hozirda esa karyerasidan tanaffus olishga qaror qilgan. Yaqinda bergan intervyusida aktrisa ekranlarni vaqtincha tark etish qarori haqida gapirdi: “Men birovning ish jadvaliga qarab yashashni xohlamayman. Juda charchadim — adekvat qarorlar qabul qilish uchun kuchim yo‘qligini his qilyapman”.

Aktrisa tanaffus paytida nima bilan mashg‘ul bo‘lishiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, u “o‘zini baxtli his qiladigan joyda” —  oilasi bilan bo‘ladi: “Men faqat bolalarim va oilam bilan 24/7 bo‘lishni xohlayman”.

Sandra bu tanaffus qancha davom etishini aytmagan bo‘lsa-da, bir narsa aniq: uning qaytishini intiqlik bilan kutadigan muxlislari bor.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...