Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH—2022 1-turi doirasida Serbiyaga qarshi kechgan bahsda (2:0) jarohat olgandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Futbolchining o‘ng oyog‘idagi boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda muammo kelib chiqqan va shish kuzatilgandi.

Braziliya terma jamoasi shifokorlari futbolchining tiklanish jarayoniga optimistik qaramoqda. Neymar og‘riqlarsiz harakatlanmoqda, to‘pig‘idagi shish ham qaytgan. Biroq tibbiy shtab futbolchiga ko‘proq dam berish istagida. Uning maydonga qaytishi jamoaning natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Futbolchi Shveysariyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, 2-tur bahsida Danilo ham qatnasha olmaydi. Agar Braziliya bu o‘yinda g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oladigan bo‘lsa, u holda jarohat olgan ikki futbolchi Kamerunga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. Ularni 1/8 finalga qadar asrash ustuvor vazifa bo‘lib turibdi.

Agar “pentakampionlar” Shveysariyaga qarshi o‘yinda muvaffaqiyatli natija qayd eta olmasa, u holda Neymar Kamerunga qarshi bahsda maydonga tushadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi