Rossiya prezidenti ma’muriyati Rossiya neftini sotib olgan rossiyalik kompaniyalar va treyderlarga uni narx chegarasini joriy qilgan mamlakatlar va kompaniyalarga sotishni taqiqlovchi farmon tayyorlamoqda. Bu haqda manbaga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik manbasiga ko’ra, Rossiya nefti yoki neft mahsulotlari uchun shartnomalarda marjinal narx haqida har qanday eslatma taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiya hukumati narxlarning yuqori chegarasini saqlaydigan har qanday mamlakatga neft jo‘natishni taqiqlaydi.
Kreml hozircha taxmin qilinayotgan farmon haqidagi ma’lumotga rasman izoh bermadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat narxlarini cheklaydigan mamlakatlarga energiya resurslarini yetkazib bermasligi haqida ochiqchasiga ogohlantirgan edi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining sakkizinchi paketi doirasida 5-dekabrdan Rossiya neftiga, 5-fevraldan esa neft mahsulotlariga cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilgan.
AQSH g‘aznachiligi narxni bir barrel uchun taxminan 40-60 dollar qilib belgilashni taklif qildi. Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari 30 dollarlik narxni talab qilmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli hali narx oralig‘i bo‘yicha kelishuv amalga oshirilmadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)