Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kattalar hamrohligisiz kirishga urinayotgan voyaga yetmagan qochqinlarning tug‘ilgan sanasini o‘zgartirmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: PA

Foto: PA

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, o‘smirlar bir necha hafta davomida voyaga yetmaganlar uchun xavfli bo‘lgan Manstondagi migratsiya markazida saqlanmoqda. O‘smirlardan biri bu markazda unga kattalar hujum qilganini aytgan.

Shuningdek, migratsiya markazida difteriya (yuqumli kasallik) va og‘ir xastalikka sabab bo‘luvchi oltin stafilokokk yuqish holatlari kuzatilgani haqida ham ma’lumotlar bor. Qochqinlar ko‘pincha Angliyaga noqonuniy kirish uchun har qanday imkoniyatni qidiradi. Bu yerga ularni ijtimoiy dastur, qochqin maqomini olish imkoniyati va moliyaviy imtiyozlar jalb qiladi.

Ta’kidlanishicha, migratsiya markazini tark etgan 16 nafar shaxs bilan o‘tkazilgan suhbatlar shuni ko‘rsatdiki, Ichki ishlar vazirligi hatto 18 yoshga to‘lmaganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganlarning ham tug‘ilgan sanasini o‘zgartirgan.

Iyun oyida Buruk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson ukrainalik noqonuniy qochqinlar Ruandaga deport qilinishi mumkinligini aytgandi. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus Britaniyaga odamlarni noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlarning biznes modelini yo‘q qilishga qaratilgan. Yangi tizim odamlarga Ruandaga xavfsiz sayohat qilish va u yerda qochqinlik maqomini olish uchun ariza topshirish, agar rasmiylar tomonidan ruxsat berilsa, u yerda qolib, yangi hayot qurish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi