Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya terma jamoasi JCH—2022 2-turida Daniyani yengib (2:1), pley-off masalasini muddatidan avval hal qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa amaldagi chempion keyingi musobaqada guruhdan chiqa olmaslik seriyasi yakunlandi. JCH—2006 dan keyin amaldagi jahon chempioni guruhda qolib ketayotgandi.

So‘nggi bor JCH—2002 g‘olibi Braziliya 2006-yilgi mundialda guruhdan chiqqan va chorak finalda Fransiyaga yengilgandi.

2006-yilda chempion bo‘lgan Italiya 2010-yilgi JCHda Paragvay, Slovakiya va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olib, so‘nggi pog‘onada qolib ketgan.

JCH—2010 g‘olibi Ispaniya esa 2014-yilda Niderlandiya, Chili va Avstraliyaga qarshi tushgan hamda guruhda uchinchi o‘rinni egallagan.

2014-yildagi mundial chempioni Germaniya JCH—2018 da Shvetsiya, Meksika va Janubiy Koreya joy olgan guruhda so‘nggi o‘rindan joy olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...