Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Akmal Mahmudaliyev zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.

Foto: Prezident administratsiyasi

Foto: Prezident administratsiyasi

Ayni daqiqalarda bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.

Akmal Mahmudaliyev ko‘p yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba to‘plagan. Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi G‘ofurjon Mirzayev prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar