Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turidan o‘rin olgan bahsda Polsha va Saudiya Arabistoni 26-noyabr, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 39-daqiqasida Pyotr Zelinski Polshani hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida saudiyaliklar hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Salim ad-Dovsarining penaltidan yo‘llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi.

Ikkinchi bo‘limni saudiyaliklar faolroq boshladi. Biroq omad ularga kulib boqmadi. 82-daqiqada Robert Levandovski hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Polsha 4 ochko bilan C guruhi yetakchisiga aylanib 0ldi. Saudiya Arabistoni esa 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

C guruhining ikkinchi o‘yinida Argentina va Meksika jamoalari bahs olib boradi.

JCH—2022

2-tur bahsi

26-noyabr,shanba

Polsha — Saudiya Arabistoni 2:0

Gollar: 1:0 – 39 Zelinski, 2:0 — 82 Levandovski.

Polsha: Shensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Zelinski (Kaminski, 63), Frankovski, Krixovyak, Belik, Levandovski, Milik (Pentek, 71).

Saudiya Arabistoni: al-Ovays, Abdulhamid, al-Bulayhi, al-Amri, al-Breyk (al-G‘anam, 65), ad-Dovsari, Kanno, al-Malki (al-Alobud, 85), an-Naji (al-Abed, 46, Babri, 90+5), al-Breykan, ash-Shehri (ad-Dosari, 85).

Ogohlantirishlar: Kiver (15), Kesh (16), Milik (19), al-Malki (21), al-Amri (45).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj